Jek Lindsey
Jack Lindsay | |
---|---|
Tavalludi |
20-oktyabr 1900-yil |
Vafoti |
8-mart 1990-yil (89 yoshda) Birlashgan Qirollik, Cambridge |
Kasbi | Prozachi, publitsist |
Ijod qilgan tillari | Ingliz tili[1] |
Fuqaroligi | Avstraliya |
Yoʻnalish | Realizm |
Jek Lindsey (Jack Lindsay) (1900.20.10, Melburn, Avstraliya — 1990.10.3, Cambridge, Birlashgan Qirollik) — ingliz yozuvchisi, tanqidchi. Ijodi 30-yillardan boshlangan. "1649. Bir yilning tarixi" (1938), "Biz kaytamiz" (1942), "Qirq sakkizinchi yil odamlari" (1948), "Smitfilddagi gulxanlar" (1950) va boshqa tarixiy romanlar muallifi. L. hujjatli voqealarni rivoyat va afsonaviy mav-zular bilan omixtalashtirgan. "Britaniya yoʻli" epopeyasidan oʻrin olgan "Sotilgan bahor" (1953), "Sening uying" (1957), "Niqob va qiyofalar" (1963) romanlarida Ikkinchi jahon urushidan ke-yingi Britaniyadagi turli aholi qatlamlarining hayoti aks ettirilgan. Hayotdagi qarama-qarshiliklar, tinchlik va urush masalasi, axloqiy munosabatlar yozuvchining asosiy mavzui boʻlgan. L. olim sifatida adabiyotning hayotdagi oʻrniga yuksak baho bergan. Oʻz salaflari — ijodkorlar merosini kengtadqiq etishga intilgan. Ch. Dikkens, J. Benyan, J. Meredit haqida kitoblar yozgan. Tarix ("Vizantiya va Yevropa", 1950; "UotTayler", 1964), sanʼatshunoslikka oid ("Jekson Terner", 1966; "Pol Sezann", 1969; "Gyustav Kurbe", 1973) asar va monografiyalar, madaniyat tarixiga bagishlangan ("Kleopatra", 1971) kitobi bor. Asarlari jahonning koʻplab tillariga tarjima qilingan.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |