Loʻdiylar
Qiyofa
(Lo'diylardan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Loʻdiylar — Hindistondagi Dehli sultonligi (1206—1526)da hukmronlik qilgan sulola (1451 —1526). L. Hindistondagi afgʻon qabilalaridan. Asoschisi — Bahlul Loʻdiy. U qariyb 40 yil Dexli sultonligini boshqargan. Baxlul Loʻdiy davrida Janpur (1479), Gvalior, Kalpna va Dholpur sultonliklari Dehli sultonligiga qoʻshib olingan. L.ning oxirgi hukmdori Ibrohim Loʻdiy davrida (1517—26) mamlakat siyosiy va iqtisodiy inqirozga yuz tutgan, afgʻon mulkdor zodagonlarining isyonlari kuchaygan. 1526-yil Panipatda (Dehli yaqinida) Bobur qoʻshini bilan boʻlgan urushda Ibrohim Loʻdiy oʻldirilgach, L. sulolasi tugagan. L. hukmdorlari: Bahlul Loʻdiy, Iskandar Loʻdiy, Ibrohim Loʻdiy.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |