Kontent qismiga oʻtish

Loʻlapardoz

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Lo`lapardozdan yoʻnaltirildi)

Loʻlapardoz (fors, loʻla — gʻoʻla)— oʻymakorlikda pardoz turi; boʻrtma (relyef) naqshning novda va chiziklari (tanob, raftor)ga yarim dumaloq shakl berishda qoʻllanadi. Loʻlapardozda oʻymaning chuqurligi kamayadi va naqsh mayin koʻrinishga ega boʻladi. U mayin shakli, choka pardoz va paxpardoz bilan birga qoʻllanilganda oʻziga xos uygʻunligi bilan ajralib turadi. Ganch, yogʻoch, tosh oʻymakorligida keng qoʻllanadi. Jumladan, margʻilonlik yogʻoch oʻymakori U. Ahmedov, asosan, shu usulda ishlagan, uning ishlari (eshik, kursi, quticha va boshqalar)da Loʻlapardoz yuksak mahorat bilan bajarilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil