Kontent qismiga oʻtish

Logʻon kanali

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Log‘on kanalidan yoʻnaltirildi)

Logʻon kanali — Fargʻona vodiysidagi kanal. Uzunligi 32,6 km. 1939-yil 17 kun ichida 14 ming kishi ishtirokida qazilgan. Kanal qurilishida 338 ming m3 tuproq qazish ishlari bajarildi va bir qancha gidrotexnik inshootlar qurildi. Kanal sersuv Isfayramsoyni kamsuv Shohimardonsoy bilan birlashtiradi. Logʻon kanali ishga tushirilishi Fargʻona vodiysidagi ayrim tumanlarning suv bilan taʼminlanishini yaxshiladi va 20 ming ga qoʻshimcha yangi yer oʻzlashtirish imkonini berdi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil