Kontent qismiga oʻtish

Lok-boʻyoq materiallar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Lok-bo'yoq materiallardan yoʻnaltirildi)

Lok-boʻyoq materiallar - metallarni zanglashdan, yogʻochni chirishdan saqlash va buyumlarni pardozlash uchun ularning sirtiga surkaladigan suyuq yoki pastasimon materiallar. Ularning tarkibini parda hosil qiluvchi moddalar (alkid, fenol-formaldegid, epoksid, poliefir smolalar, perxlorvinil smolalar, poliakrilatlar, sellyuloza nitratlari va boshqalar) tashkil qiladi. Baʼzi tabiiy materiallar — oʻsimlik yogʻlari va kanifol hosilalari ham parda hosil qiluvchi modda hisoblanadi. Baʼzi L.-b.m. tarkibida erituvchi moddalar, pigmentlar, har xil qoʻshimchalar ham boʻladi. L.-b.m.ning rangeiz va rangli, shaffor va noshaffof (xira) xillari bor. Shaffof materiallar — alif, loklar, noshaffof materiallar — har xil boʻyoklar, xomaki surkov materiallari, sirtni tekislash massalari (gruntovkalar)dan iborat. L.-b.m. sirtni yaxshi asrashi, silliq va yaltiroq parda hosil qilishi, butomga koʻrkamlik berishi lozim.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil