Kontent qismiga oʻtish

Lolita Milyavskaya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Lolita Markovna Milyavskayadan yoʻnaltirildi)

Lolita Markovna Milyavskaya (ukraincha: Лоліта Марківна Мілявська) 1963-yil 14-noyabrda Ukrainaning Transkarpat viloyatida dunyoga kelgan. Sovet, ukrain va rus estrada xonandasi, aktrisa, teleboshlovchi, rejissyor va prodyuser. „Birinchi kanal“da efirga uzatiladigan „Lolita“ tok-shousi uchun" tok-shou boshlovchisi" nominatsiyasida"TEFI-2007" milliy televideniya

mukofoti laureati.

1963-1984-yillar: Bolalik va oʻsmirlik yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lolita Gorelik (qizlik familiyasi) 1963-yil 14-noyabrda Ukrainaning Zakarpat viloyati, Mukachevo shahrida dunyoga kelgan.

2010-yildan: „Anatomiya“ va „Ranevskaya“

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Lolita „Jara“ festivalida. Boku, 2017-yil.

2009-yilda qoʻshiqchi yangi „Stop the Earth“ singlini oʻz ichiga olgan „Zapavshee“ xitlar toʻplamini chiqargan. 2011-yilda u Britaniyaning The X Factor loyihasining ruscha versiyasi boʻlgan Factor A hakamlar hay’ati aʼzosi boʻlgan.

2012-yil fevral oyida NTV telekanali efirida „Gospoja Prezident“ spektakli boʻlib oʻtgan va Lolita mamlakat Prezidentligiga nomzod sifatida paydo boʻlgan. Oʻsha yili qoʻshiqchi Nikolay Baskov va Andrey Danilko (Verka Serduchka) bilan birga „Rossiya-1“ telekanalida mashhur „Subbotniy vecher“ teledasturining boshlovchisi boʻlgan. 2012-yil 30-avgustda ikkinchi Xalqaro musiqa festivali Crimea Music Festda Lolita ijrochilarning qoʻshiq tanlovida gʻolib chiqqan yosh ukrainalik qoʻshiqchi Aleksandr Onofriychukni tanishtirdi.

Forbes maʼlumotlariga koʻra, 2013-yilda Lolita rossiyalik eng boy yigirmata musiqachi qatoridan joy olgan. 2014-yil mart oyida „Anatomiya“ (G. Titov — N. Kasimseva) qoʻshigʻi uchun video premyerasi boʻlib oʻtgan. 2014-yil avgust oyida „Na skoch“ (E. Bardachenko — A. Belyaev) qoʻshigʻi uchun video premyerasi omma eʼtiboriga havola etilgan. 2014-yil 17-noyabrda Lolita Milyavskaya „Anatomiya“ albomini chiqardi.

2021-yil 24-fevralda Lolita Agafya Kuperdyagina rolida Yuriy Grimovning „Nikoh“ spektaklida debyut qilgan, teatr premerasi „Zamonaviy“ teatrida tashkil etilgan[1].

Ijodkor „SOKOLOV“ zargarlik brendining yuzi hisoblanadi[2].

Shahsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi turmush oʻrtogʻi (1984-1987[3]) — Aleksandr Belyayev aktyor boʻlgan. U Lolitaning sinfdoshi hisoblanadi.

Ikkinchi eri (1987) — Vitaliy Milyavskiy[4]. Lolitaning soʻzlariga koʻra, nikoh xayoliy uydirma boʻlgan

Uchinchi turmush oʻrtogʻi (1988 −2000) — Aleksandr Tsekalo (1961-yil 22-martda tugʻilgan). U shoumen bilan 1998-yilda unashtirilgan. 2000-yilda Lolita boshqa erkakdan homilador boʻlib qolgan va Alekksandr Tsekalo bilan ham ajrashishiga toʻgʻri kelgan. Shunga qaramay ularning oilaviy munosabatlari 12 yil davom etgan[3][5][6][7].

Qizi — Yeva Tsekalo 1998-yil 3-noyabrda dunyoga kelgan. U Kiyevda buvisi bilan yashaydi[3][8].

Toʻrtinchi eri (2004-2009) — Aleksandr Zarubin (1968-yil 6-mayda tugʻilgan) tadbirkor boʻlgan.

Beshinchi eri (2010-2020) — Dmitriy Ivanov (1975-yil 18-yanvarda tugʻilgan), tennischi, fitnes boʻyicha murabbiy, skvosh boʻyicha murabbiy. Aleksandr Tsekalo bilan ajrashgandan soʻng, u bir necha yil davomida tadbirkor Arnold Spivakovskiy bilan yaqin munosabatda boʻlgan[9]. Romantika tugaganidan soʻng, biznesmen va qoʻshiqchi doʻst boʻlib qolishgan[10].

2011-yil. „Yurt ovozi“ koʻrsatuvi parda ortida.
Studiya albomi
  • 2000 yil — „Tsvetochki“
  • 2003 yil — „Shou razvedyonnoy jenщini“
  • 2005 yil — „Format“
  • 2007 yil — „Neformat“
  • 2007 yil — „Orientatsiya Sever“
  • 2008 yil — „Fetish“
  • 2014 yil — Anatomiya
  • 2018 yil — „Ranevskaya“
2013-yil. „Vaqt mashinasi“ teleport shousi toʻplamida.

Televizion rollari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Замуж — не напасть... Или напасть? О спектакле «Женитьба» театра «Модерн»“ (ru). INC News. 2021-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-mart.
  2. „Лолита стала лицом кампании Sokolov – в ролике она предложила «послать старое в трейд-ин»“. 2021-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-dekabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 http://www.peoples.ru/art/music/pop/lolita/interview5.html
  4. „Лолита Милявская: «Хочу, чтобы меня любили одни и ненавидели другие». Королева эпатажа отечественного шоу-бизнеса сегодня отмечает свой день рождения“. // konkurent-krsk.ru (14 ноября 2012 года). 2013-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-fevral.
  5. „Лолита: «Брак с Цекало был чистой формальностью»“. // newsmuz.com (20 июня 2007 года). 2020-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-aprel.
  6. Николай Лещук. „Милявская изменяла Цекало с телевизионным боссом“ (15 мая 2008 года). 2020-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-aprel.
  7. „«Моя правда. Лолита»“ (16 мая 2008 года). 2020-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-aprel.
  8. Дмитрий Скаво. „Мама — Лолите: «Если бы папа был жив, он бы тебя ненавидел!»“. // taini-zvezd.ru (27 апреля 2011 года). 2011-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-may.
  9. Р. И. А. Новости. „В Испании пока не выяснили причину смерти бывшего гражданского мужа Лолиты“ (ru). РИА Новости (13-mart). 2022-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-mart.
  10. „Арнольд Спиваковский: фото, биография, фильмография, новости - Вокруг ТВ.“ (en). Вокруг ТВ. Qaraldi: 2022-yil 12-mart.