Kontent qismiga oʻtish

Long-bich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Long-Bichdan yoʻnaltirildi)

Long-bich - AQShning gʻarbiy qismidagi shahar, Kaliforniya shtatida, Tinch okean sohilida. Aholisi 461,5 ming kishi (2000). San-Pedro qoʻltigʻidagi port (yillik yuk ortib-tushirish 45 mln. t atrofida). Baliq ovlash floti bazasi. Neft olinadi va qayta ishlanadi. Asosiy sanoat tarmoqlari — raketa-kosmik va aviatsiya sanoatlari. Avtomobilsozlik, kemasozlik, metallsozlik, neft kimyosi, oziq-ovqat sanoati korxonalari, Kaliforniya universiteti filiali bor. Iqlim kurorti. Harbiy dengiz bazasi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil