Lu sin
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Lu sin (taxallusi; asl ismi Chjou Shu-jen) (1881.25.9, Shaosin -1936.19.10, Shanxay) — xitoy yozuvchisi, publitsist va jamoat arbobi. Hozirgi zamon xitoy milliy adabiyoti asoschisi. "Hayqiriq" (1923) hikoyalar tuplamida oddiy kishilarning qashshoqligi va huquqsizligi, "Sarsonlik" (1926) novellalar toʻplamida esa yarim feodal Xitoydagi ziyolilar taqdiri aks ettirilgan. "A-Kyuning haqiqiy tarixi" (1921) qissasida "kichkina odam"ning fojiasi tasvirlangan. "Yovvoyi oʻtlar" (1927) nasriy sheʼrlar toʻgotami muallifi. "Yangicha hikoya qilingan eski rivoyatlar" (1936) toʻplamida tarixiy va mifologik obraz yaratilgan. Publitsistik asarlarida Pekin va Shanxaydagi ijtimoiy voqealar xususida fikr yuritiladi ("Issiq shamol", 1925; "Qabr", 1927 va boshqalar). Jahon adabiyoti klassiklarining ayrim asarlarini xitoy tiliga tarjima qilgan. L.S.ning oʻzbek tilida "Qadrdon qishlogʻim" (1956) hikoyalar toʻplami va "Tanlangan asarlar"i (1959) nashr etilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |