Kontent qismiga oʻtish

Lumen (rock guruh)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Lumen (rok-guruh)dan yoʻnaltirildi)
Lumen

Lumen
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Ufa
Mamlakat Rossiya
Faoliyat yillari 1997-bugun
Janr punk rock, rok, alternativ rok
Tarkib Rustem Bulatov
Igor Mamayev
Evgeniy Shmel
Denis Shaxanov
Vebsayt [1]

Lumen – Ufa shahridan rossiyalik rok-guruh. Guruhning musiqasini pankka, rokka va alternativaga kiritish mumkin. 1998-yilda asos solingan.

1997-yil Ufada tashkil topgan bu guruh oʻzining sahnaga ilk bor chiqishini Viktor Tsoyning hotirasiga bagʻishlagan. 1999-yil 12-fevralga qadar guruh nomsiz boʻlgan edi. Musiqachilar lotin maqolini oʻzgartirib „Inson – inson uchun yorugʻlikdir“, dedilar, shundan LUMEN, yaʼni yorugʻlik nomi kelib chiqqan. Ufa klublarida chiqishni, Ural va Volga boʻylab yoshlar festivallarida chiqishni boshladilar. Kollektiv uchun Oʻrta Maxsus oʻquv yurtlari VIAlari orasida har yili oʻtkaziladigan konkursdagi gʻalaba katta hodisa boʻlib, LUMEN u yerda Ufa moliya-iqtisod kolleji nomidan borganlar. Ufaning 425-yilligiga bagʻishlangan ochiq konkurs festivalining laureat diplomini hamda „Oltin Standart“ respublika ochiq festivalining gran-prisini qoʻlga kiritib guruh ona shahrida shuhrat qozonadi va hamma eʼtiborli shahar musiqa tadbirlarida ishtirok etadilar. „Nash Format“ festivaliga atab „Navigator“ prodyusserlik markazi „Bizning Format. Birinchi Tajriba“ nomli ikki termani chiqaradi. Ularda guruhning ikki ashulasi boʻladi. Bu payt kollektivning tarkibi kengayadi. Musiqalariga skripka partiyalarini (Olga Kondratyeva) va klavishlarni (Artur Vildanov) qoʻshib musiqachilar chiqishlari stilistikasini oʻzgartiradilar.

2001-yil „Navigator“ klubida kollektivning yakkahon konserti boʻlib oʻtadi. Tadbirning yozuvi guruhning „jonli“ albomi uchun asos boʻladi. 2002-yil yozda musiqachilar Moskva shahrida boʻlib oʻtadigan Pank-festivalga taklif etiladilar. „Nashe Radio“ efirida jarang sochgan „Sid i Nensi“ ashulasi tezda mashhurlikka erishadi, „Chartova Dyujina“ning yuqori choʻqqisiga chiqadi va „Нашествие. Шаг двенадцатый“ terma albomiga kiradi.

Ufada „Navigator“ kichik adad bilan kompakt-kassetalarda ularning „Passatiji“ maksi-singlini chiqaradilar. „[Nash format 2002]]“ festivalining hedlaynerlaridan biri boʻlib LUMEN „Nash format. Vtoroy opit“ terma albomida „Volk“ taronasini yozadilar.

2003-yilning boshiga kelib „Lumen Bez Konservantov“ toʻliq albomi dunyo yuzini koʻradi. Oʻsha yilning oʻzida guruh muvaffaqiyat bilan „Nashestvie versiya 2003“ festivalida chiqadi. Tarkibini koʻp marotaba oʻzgartirgan guruh, kritiklar tomonidan pank-guruh deb sifatlanadi, lekin uning musiqasida granj, art-rok va rok-n-rollning elementlari bor.

  • Rustem Bulatov (Tem) – vokal
  • Igor Mamayev (Garik) – gitara
  • Evgeniy Ognev (John) – bas, 2007-yil martda guruhni tark etdi [2] (Archive.is saytida 2007-09-28 sanasida arxivlangan)(rus.).
  • Evgeniy Shmel – bas, 2007-yil martdan
  • Denis Shaxanov (Den) – barabanlar

Studiyaviy albomlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Bez konservantov (2003)
  • Tri puti (2004)
  • Svoboda (2005)
  • Pravda? (2007)
  • Mir (2009)
  • Na chasti, 1-qism (2012)

Boshqa albomlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Live in Navigator club (2002, konsert albomi)
  • Passatiji (2003, maksi-singl)
  • Odnoy krovi (2005, konsert albomi)
  • Dishi (2006, konsert albomi)
  • Burya (2007, konsert albomi)
  • TV no more (2008, internet-singl)
  • Labirint (2011, konsert albomi)