Kontent qismiga oʻtish

Al-Uqsur

Koordinatalari: 25°41′48″N 32°38′40″E / 25.69667°N 32.64444°E / 25.69667; 32.64444
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Luqsordan yoʻnaltirildi)
Al-Uqsur
25°41′48″N 32°38′40″E / 25.69667°N 32.64444°E / 25.69667; 32.64444
Mamlakat Misr
Al-Uqsur xaritada

Al-Uqsur (arabcha: الأقصر) – Misrdagi shahar, Nil daryosi oʻrta oqimining oʻng sohilida. Aholisi 360,5 ming kishi (1996). Temir yoʻl stansiyasi va aeroport bor. Al-Uqsur – iqlim kurorti. Iqlimi quruq choʻl iqlim; yomgʻir deyarli yogʻmaydi. Oʻrtacha temperatura yanvarda 16,7°, martda 22,0° boʻladi. Al-Uqsurda buyrak, yuqori nafas aʼzolari xastalangan bemorlar davolanadi. Xalqaro turizm markazlaridan. Mehmonxona, pansionat koʻp. Hunarmandchilikda esdalik buyumlari (suvenirlar) tayyorlanadi.

Al-Uqsur qadimiy Fiva (Misrning miloddan avvalgi 21— 11-asrlardagi poytaxti) oʻrnida bunyod boʻlgan. Al-Uqsurning gʻarbiy chekkasida Amon-Ra, Mut va Xonsu xudolarining ibodatxonalari joylashgan. Bu yodgorliklarda Yangi podsholik davrining (miloddan avvalgi 16—11-asrlar) meʼmoriy anʼanalari aks etgan, kolonnadalardan keng foydalanilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil