Kontent qismiga oʻtish

Ludovic Obraniak

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Lyudovik Obranyakdan yoʻnaltirildi)
Ludovic Obraniak
Obraniak 2016-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ludovic Joseph Obraniak
Tavallud sanasi 10-noyabr 1984-yil (1984-11-10) (40 yosh)
Tavallud joyi Longeville-lès-Metz, Fransiya
Boʻyi 1.74 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Le Touquet (murabbiy)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1991—1996 Union Lorraine de Plantieres
1997—2002 Metz
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2007 Metz 99 (5)
2007—2012 Lille 152 (19)
2012—2014 Bordeaux 68 (14)
2014—2015 Werder Bremen 12 (1)
2014—2015Çaykur Rizespor (ijara) 16 (2)
2015—2016 Maccabi Haifa 26 (3)
2016—2018 AJ Auxerre 36 (0)
Milliy terma jamoa
2004 Fransiya 1 (0)
2009—2014 Polsha 34 (6)
Boshqargan klublari
2021— Le Touquet
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ludovik Jozeph Obraniak (talaffuzi: Lyudovik Obranyak; 1984-yil 10-noyabrda tugʻilgan) — futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Asosan hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Fransiyada tugʻilgan, Polsha terma jamoasida oʻynagan. 2021-yil iyun oyida Fransiya Championnat National 3 ligasi vakili Le Touquet jamoasiga murabbiy etib tayinlangan.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Obraniak futbolchilik faoliyatini mahalliy FC Metz klubida boshlagan. Barqaror oʻyini tufayli 2003—2004-yilgi mavsumda Bordeauxga qarshi oʻyinda 13-raqamli futbolkada zaxiradan maydonga tushishga muvaffaq boʻldi. Keyingi ikki yil ichida Metzda yaxshi oʻyin koʻrsata olmadi, klub 2004—2005-yilgi mavsumda 16-oʻrinni egalladi. 2005—2006-yilgi mavsumni jadvalning quyi pogʻonalarida yakunlandi va shu tariqa quyi ligaga tushib ketdi. Obraniak oʻsha yillar davomida 61 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan

Obraniak klub bilan 2010-yilgacha toʻrt yillik shartnoma imzolashga rozi boʻldi. Toʻrt kundan soʻng „Lille“da „Bordeaux“ga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushdi. Oʻsha mavsumda qolgan barcha oʻyinlarda maydonga tushdi. UEFA Chempionlar ligasi doirasidagi Manchester Unitedga qarshi pley-off bosqichining ikkala oʻyinida ham maydonga tushdi. Keyingi mavsumda Obraniak 35 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. 2008—2009-yilgi mavsumda atigi 16 ta oʻyinda 7 ta gol uridi. Keyingi mavsumda klubni tark etishga qaror qildi. Ammo 2010—2011-yilgi mavsumda „Lille“ga Liga 1 va Fransiya Kubogida dublni yutishda muhim rol oʻynadi. 2011-yilgi Fransiya kubogi finalida Mussa Sou o‘rniga maydonga tushdi va g‘alaba to‘pini kiritdi. „Lille“ PSJ ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi[1].

2012-yilning 12-yanvarida Obraniak Liga 1 jamoasi „Bordeaux“ bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi. Fevral oyida oʻzining sobiq jamoasi „Lille“ga qarshi oʻyinda (5:4, gʻalaba) ikkita gol urdi.

Werder Bremen

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning yanvarida Obraniak oʻz faoliyatida birinchi marta Fransiyani tark etdi va Germaniya Bundesligasining „Werder Bremen“ klubiga oʻtdi. 2016-yilning yoziga qadar ikki yarim yilga shartnoma imzoladi va transfer narxi 2 million yevro boʻldi. 2014-yil oktabr oyida Dutt isteʼfoga chiqarilganidan soʻng, yangi bosh murabbiy Viktor Skrypnyk qoʻl ostida rasmiy oʻyinlarda deyarli maydonga tushmadi

Çaykur Rizespor

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilning yanvarida mavsumning qolgan qismida Turkiyaning Superliga klubi „Çaykur Rizespor“da ijara asosida oʻynadi. Bremen ularga 2015-yilning yozida ham sotib olish imkoniyatini taqdim etdi. 2015-yilning 25-yanvarida „Galatasaray“ ga qarshi ligadagi debyutini o‘tkazdi

Maccabi Haifa

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilning 27-avgustida Isroil Premyer-ligasi giganti Maccabi Haifa jamoasi bilan shartnoma imzoladi, tibbiy ko‘rikdan o‘tib, 400 000 evaziga ikki yillik shartnoma imzoladi. 12-sentyabr kuni Obraniak Bnei Sakhnin klubiga qarshi oʻyinda debyut qildi[2].

2016-yil 24 mayda 2015—2016-yilgi Isroil Davlat kubogi finalida Maccabi Tel Aviv jamoasiga qarshi oʻyinda gʻalaba golini kiritdi. Bir yildan soʻng, 2016-yil 17-avgustda Obraniak Haifa Maccabidan ketdi.

2018-yil 4-oktabrda futbolchi sifatida faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Obraniak Fransiyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida bir marta maydonga tushdi.

Bobosi Zigmunt Poznan okrugidagi Pobiedziska shahridan boʻlganligi tufayli futbolchi Polsha milliy futbol jamoasiga qoʻshilishni istadi va mamlakat fuqaroligini olish uchun ariza berdi. Obraniakning 2009-yil 5-iyunda Polsha fuqarosi ekanligi tasdiqlangan

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Obraniak 2021-yilning 5-iyunida Le Touquet bosh murabbiyi etib tayinlangan edi[3].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Obraniakning qizi 2011-yil 1-iyunda tugʻilgan.

Obraniak fransuz va ingliz tillarini yaxshi biladi. Polsha milliy terma jamoasida oʻynaganiga qaramay, polyak tilini yaxshi bilmaydi.

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar[4]
Klub Mavsum Liga Kubok Liga kubogi Qitʼa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Metz 2002—2003 Liga 2 9 0 2 0 2 0 - 13 0
2003—2004 Liga 1 9 0 1 0 1 0 - 11 0
2004—2005 30 2 2 0 1 0 - 33 2
2005—2006 31 1 2 0 1 0 - 34 1
2006—2007 Liga 2 20 2 3 0 1 0 - 24 2
Jami 99 5 10 0 6 0 0 0 115 5
Lille 2006—2007 Liga 1 17 0 1 0 - 2 0 20 0
2007—2008 35 2 3 0 1 0 - 39 2
2008—2009 33 9 3 0 1 0 - 37 9
2009—2010 29 4 1 0 2 0 11 2 43 6
2010—2011 26 2 6 1 2 0 9 1 43 4
2011—2012 12 2 - 2 0 5 0 19 2
Jami 152 19 14 1 8 0 27 3 201 23
Bordeaux 2011—2012 Liga 1 17 4 2 0 - - 19 4
2012—2013 30 6 4 0 - 8 1 42 7
2013—2014 21 4 1 0 3 0 2 0 27 4
Jami 68 14 7 0 3 0 10 1 88 15
Werder Bremen 2013—2014 Bundesliga 10 1 - - - 10 1
2014—2015 2 0 1 0 - - 3 0
Jami 12 1 1 0 0 0 0 0 13 1
Çaykur Rizespor (ijara) 2014—2015 Süper Lig 16 2 2 0 - - 18 2
Maccabi Haifa 2015—2016 Isroil Premyer-ligasi 26 3 4 0 - 2 0 32 3
Auxerre 2016—2017 Liga 2 20 0 5 0 - - 25 0
2017—2018 16 0 3 0 1 0 - 20 0
Jami 36 0 8 0 1 0 0 0 45 0
Jami faoliyati 409 44 46 1 18 0 39 4 512 49

Xalqaro Gollar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ballar va natijalar birinchi boʻlib Polshaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Obraniakning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi .
Ludovic Obraniak tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
T/R Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa Mnb.
1 2009-yil 12-avgust Bydgoshcz, Polsha  Gretsiya 2—0 2—0 Doʻstona [5]
2 2010-yil 12-oktyabr Monreal, Kanada  Ekvador 2—1 2—2 Doʻstona
3 2010-yil 17-noyabr Poznan, Polsha  Kot-dʼIvuar 2—1 3—1 Doʻstona
4 2012-yil 2-iyun Varshava, Polsha  Andorra 1—0 4—0 Doʻstona
5 2012-yil 14-noyabr Gdansk, Polsha  Urugvay 1—2 1—3 Doʻstona

Lill

  • 1-liga: 2010—2011
  • Fransiya kubogi: 2010—2011

Bordeaux

  • Fransiya kubogi: 2012—2013

Maccabi Haifa

  • Isroil davlat kubogi: 2015—2016
  • Fransiya Kubogi finali: 2011-yil
  1. „Obraniak stunner ends Lille's 56-year trophy wait“. pakistantoday.com.pk (2011-yil 15-may). 2022-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-fevral.
  2. „Debuts for Obraniak and Kriaf“ (he). ONE. Qaraldi: 2015-yil 12-sentyabr.
  3. „Le Touquet: A former Ligue 1 appointed coach (off)“ (fr). foot-national.com (2021-yil 5-iyun).
  4. „L. Obraniak“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 3-dekabr.
  5. Andrzej Gowarzewski: Biało-Czerwoni.

Manba xatosi: <ref> tag with name "brmet" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "lille" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "fifa" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "pobiedziska" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "nadanie" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "confirmed" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "greece" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "fifa110603" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "ap120112" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "fifa120212" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "tonline140131" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "bild141031" defined in <references> is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref> tag with name "werder150117" defined in <references> is not used in prior text.

Manba xatosi: <ref> tag with name "haberler150125" defined in <references> is not used in prior text.