Kontent qismiga oʻtish

Lyuterchilik

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Lyuteranlikdan yoʻnaltirildi)

Lyuterchilikprotestantizmning yirik yoʻnalishlaridan biri. Asoschisi — Martin Lyuter. Germaniyada paydo boʻlgan. Lyuterchilikprotestantizmning asosiy qoidalarini bayon qilib bergan. Lyuterchiliktarafdorlari katolik ruhoniylari va cherkovning xudo bilan dindorlar oʻrtasidagi vositachilik rolini tan olmaydi. Xristianlik marosimlaridan faqat ikkitasi — choʻqintirish va prichashcheniye (eʼtikod qiluvchilarning goʻyo Isoning haqiqiy tanasi va qoniga qoʻshilish uchun non va vino isteʼmol qilib oʻtkaziladigan marosimi)ni eʼtirof qiladi. L.da diniy aqida, ichki diniy eʼtiqod birinchi darajali ahamiyatga ega, diniy taʼlimot Injilga asoslanishi lozim. "Augsburg diniy eʼtiqodi" va "Apologiya"ni oʻz ichiga olgan "Totuvlik kitobi", Bibliya hamda "Katta" va "Kichik" katexi-zislar L.ning asosiy diniy hujjatlari sanaladi. LyuterchilikSkandinaviya mamlakatlarida, Germaniya, AQSH, Boltiqboʻyi mamlakatlarida tarqalgan. 1947-yilda Jahon lyuterchilik ittifoqi tuzilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil