Rahmonberdi Muhammadjonov
Qiyofa
(MUHAMMADJONOV Rahmonberdidan yoʻnaltirildi)
Rahmonberdi Muhammadjonov | |
---|---|
Tavalludi |
1929-yil Toshkent |
Vafoti |
1994-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Millati | Oʻzbekiston |
Sohasi | Sharqshunos-filolog-urdushunos |
Ish joylari | ToshDSHI |
Dini | Islom |
Rahmonberdi Muhammadjonov (1929-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan — 1994-yilda vafot etgan) — hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining 1950-yilgi bitiruvchisi. Sharqshunos-filolog-urdushunos. Pokiston hukumatining „Sharafli mehnati uchun“ nishoni sovrindori (1995)[manba kerak].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1950—1951-yillarda Oʻzbekiston davlat nashriyotida muharrir; 1950—1952-yillar oraligʻida ToshDU sharq fakulteti aspiranti; 1953-yildan umrining oxirigacha sharq fakultetning hind filologiyasi kafedrasida hind va urdu tillari oʻqituvchisi, 1959-yildan katta oʻqituvchi. 1961—1962-yillar Dehli universitetida malaka oshirgan[1].
Ilmiy yoʻnalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Urdu tilining grammatik tuzilishi. 10 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar va koʻplab badiiy tarjimalar muallifi.[1]
Asosiy ilmiy ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hindiy tili. Birinchi kitob. — Toshkent, 1958. — hammualliflikda.
- Uchebnik yazika urdu. — Toshkent, 1959. — hammualliflikda.
- Hindiy tili darsligi. Ikkinchi kitob. — Toshkent, 1962. — 220 b. — hammualliflikda.
- Otglagolnie slojnie glagoli v yazikax xindi i urdu // Nauchnie trudi TashGU. Vostokovedeniye. Inostrannie yaziki. — Tashkent, 1967. — S. 44 — 49.
- O differensiatsii izʼyavitelnogo i predpolojitelnogo nakloneniy v yazikax xindi i urdu // Trudi Samarkandskogo gosudarstvennogo universiteta. — Samarqand, 1970. -Vip. 175. — S. 63 — 75.229
- O kategorii zaloga // Nauchnie trudi TashGU. Vostokovedeniye / v soavtorstve s V. A. Muxamedjanovoy. — Toshkent, 1971. Vip. 404.
- Urdu tili darsligi. Ikkinchi sinf uchun. — Toshkent: Oʻqituvchi, 1988.
- Urdu tili. 3- sinf. — Toshkent: Oʻqituvchi, 1988. . — 231 b.
- Uchebnik yazika urdu dlya pervogo kursa. — Tashkent: Oʻqituvchi, 1991. — 423 s. — v soavtorstve s V. A. Muxamedjanovoy.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi, Toshkent, 2021 — 340-341-bet.