Kontent qismiga oʻtish

Quvomiddin Munirov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(MUNIROV Quvomiddindan yoʻnaltirildi)
Quvomiddin Munirov
Tavalludi 1928
Toshkent O'zbekiston
Vafoti 2012
Istiqomat joylari Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi Sharqshunoslik, eronshunoslik, filolog

Quvomiddin Munirov (1928-yil Toshkentda tugʻilgan — 2012-yilda vafot etgan) — sharqshunos, filolog, eronshunos, tarix fanlari nomzodi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.

SAGU (hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining 1949-yil bitiruvchisi.[1]

  • 1949-yildan Oʻz FASHIda ilmiy xodim
  • 1957-yildan katta ilmiy xodim;
  • 1963-yildan institutning qoʻlyozma va bosma asarlar fondining mudiri;
  • ayni paytda qoʻlyozma asarlarni dastlabki ilmiy tavsiflash va saqlash boʻlimi boshligʻi;
  • 1995-yildan buyon Oʻz FA SHIda yetakchi ilmiy xodim. Keyin ilmiy maslahatchi.[1]

Ilmiy yoʻnalishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bir qancha Xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi: Sharqshunoslarning XXV Xalqaro Kongressi (Moskva, 1960); yozma yodgorliklarni oʻrganish boʻyicha Xalqaro simpozium (Kobul, 1967); Toshkent, Samarqand, 1996; Toshkent, 1997, 1998; Urganch, 1999; Rishton, 2000 xalqaro anjumanlar ishtirokchisi. Hukumat orden va medallari bilan taqdirlangan.[1]

Asosiy ilmiy ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomz. diss. mavzusi: „Munis, Ogahiy va Bayoniyning tarixiy asarlari — Oʻrta Osiyo tarixi boʻyicha manba sifatida“. — Toshkent, 1961 (monografiya boʻyicha).

  1. Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari, 2 jildlik / S. Mirzayev bilan birgalikda arab tilidan tarjima. — Toshkent: FA nashriyoti, 1954 — 1956. — T. I. — B.774 — 810; t. II. — B.656 — 677. — Yangi nashr: 1981 — 1982. — T. 1. 1981. — B.74 — 126; - T. 2. 1982. — B.626 — 677.
  2. Aspirantlar toʻplami / ijtimoiy fanlar boʻlimi. 2-bosma. — Toshkent, 1958. Agaxi. — B.305 — 322; Bayoniy. — B.323 — 335.
  3. Sakkokiy devoni / nashrga tayyorlovchi va soʻz boshi muallifi — Toshkent, 1958. — 83 b. - Yangi nashr: 2-ye izd. 1960. −71 b.
  4. Ogahiy. Ilmiy-adabiy faoliyati. — Toshkent: FA nashriyoti, 1959. — 54 b.
  5. Durbek. Yusuf va Zulayxo. — Toshkent: FA nashriyoti, 1959.
  6. Munis, Ogahiy va Bayoniyning tarixiy asarlari. — Toshkent: FA nashriyoti, 1960. — 171 b. (dissertatsiya sifatida himoya qilingan).
  7. Sobraniye vostochnix rukopisey AN UzSSR // Sost. i nauchnoye opisaniye K. Munirov i dr. t. V, VII, IX. — Tashkent: Fan, 1960, 1964, 1971.
  8. Sharq qoʻlyozmalari. — Toshkent: FA nashriyoti, 1962. −38 b.
  9. Hofiz Tanish Buxoriy. - Toshkent, FA nashriyoti, −1963. — 64 b. — B.Ahmedov bilan hammualliflikda.
  10. Sokroviщnitsa vostochnix rukopisey. — M.: Vneshtorgizdat, 1969. −23 s. — To je: M.: Progress, 1971. −30 s. -oʻzbek, rus, ingliz, fransuz, arab, fors, hindiy va urdu tillarida.
  11. Alisher Navoiy asarlarining qoʻlyozmalari. — Toshkent: Fan, 1970. −87 b. A. Nosirov bilan hammualliflikda.
  12. Amir Xisrav Dehlaviy asarlarining qoʻlyozmalari. — Toshkent, 1975. — 54 b.
  13. Hamza Hakimzoda Niyoziy. Mukammal asarlar toʻplami, 4 tomlik. T. 1. Devon / Nashrga tayyorlovchi, soʻz boshi muallifi. — Toshkent: Fan, 1979. −220 b. : — B.5 — 8; izohlar — B. 177 — 219 — S. Erkinov bilan hammualliflikda.
  14. Toshkent tarixidagi oʻchmas nomlar. - Toshkent, 1983. −54 b. — A.Irisov va A.Nosirov bilan hammualliflikda; Yangi nashr // Tashkentsk. lira. Toshkent, 1983. — B.187 — 195.
  15. Rukopisn. fond In-ta vostokovedeniya i In-ta rukopisey AN UzSSR. — Tashkent, 1983. — S. 359 — 363. — Sovm. s A.Kayumovim.
  16. Nekotorie svedeniya ob uchenix i poetax Tashkenta X — X1X vekov: Po rukopisn. istochnikam // Obщestv. nauki v Uzbekistane. — Tashkent, 1983. — № 9. — S. 21 — 26. — Sovm. s A. Irisovim i A. Nasirovim.
  17. Nekotorie rukopisi iz sobraniya In-ta vostokovedeniya im. Beruni AN UzSSR, xudoj. oformlennie v epoxu Bexzada // Kamaliddin Bexzad: K 525-letiyu so dnya rojdeniya. — Tashkent, 1984. — S. 24 — 28.
  18. K istorii nauchnix i kulturnix svyazey Sredney Azii i Indii // Iz istorii kulturnix svyazey narodov Sredney Azii i Indii. — Tashkent, 1986. — S. 104 — 106.
  19. „Qutadgʻu bilik“ning Toshkent nusxasi // Sharqshunoslik. — Toshkent, 1991. — № 2.
  20. Abdulgʻoziy. „Shajarayi turk“. — Toshkent: Choʻlpon, 1992. 26 b. — hammualliflikda.
  21. Nodirabegim va Qoʻqonda xattotlik va kitobat ishlari // Adabiy meros. — Toshkent, 1998. — № 1 — 2. — hammualliflikda.
  22. Xorazmda yozilgan tarixiy asarlar (XVII — XIX asr). — Toshkent, 2002. — 172 b.
  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi 2021, s. 1–690.
  • Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi, Toshkent, 2021 — 1–690-bet.