Kontent qismiga oʻtish

Messier 2

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(M 2dan yoʻnaltirildi)
Messier 2

M 2; teleskop) / Hubble teleskop / STScI / [[[WikiSky]]
Ishoratlar
SIMBAD 7089 NGCNGC 7089 maʼlumotlari
NASA/IPAC 7089 NGCNGC 7089 maʼlumotlari
Shuningdek qarang: Galaktika, Galaktikalar roʻyxati

Messier 2 yoki M2 (boshqa nomi NGC 7089) Dalv yulduzlar turkumidagi sharsimon yulduzlar toʻdasi . Messier 2 ning diametri taxminan 175 yorugʻlik yili boʻlib, qariyb 150 000 yulduzni oʻz ichiga oladi. Eng zich va ixcham sharsimon toʻdalardan biri hisoblanadi.

Kashfiyot tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yulduzlar toʻdasi fransuz astronomi 1746-yil 11-sentabrda Jean-Dominique Maraldi tomonidan kashf etilgan.[1] Charles Messier oradan 14 yil oʻtib, 1760-yil 11-sentabrda, Maraldidan mustaqil ravishda qayta kashf etadi va „yulduzsiz tumanlik“ sifatida katalogga kiritadi. William Herschel esa toʻdada yulduzlarni aniqlagan birinchi olim boʻldi.

Messier 2 Dalv yulduzlar turkumida joylashgandir.

Ushbu sharsimon toʻda yozda yoki kuz mavsumining boshida yaxshi koʻriladi. Uni aniqlash uchun (yorqinlikning aylana markazi tomon yoʻnaluvchi yumaloq nuqta shaklida) dala durbini ham yetarli. Obyektdagi yulduzlar 150 mm diafragmali teleskop yordamida 100 karra kattalashtirishda aniq koʻrinadi. Bu eng quyuq joylashgan yulduzlarning sharsimon toʻdalardan biri boʻlib, yorqin va zich yadroga ega.[2]

Messier katalogidan osmon qoʻshnilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • M 15 — (Pegasusda shimolda) kattaroq va yorqinroq globulyar klaster;
  • M 72 va M 73 — (Aquariusda SW) kichik globular klaster va asterizm;
  • M 30 — (janubiy, Capricornʼda) globulyar klaster;
  • M 55 — (janubiy gʻarbda, Sagittariusda) katta va boʻshashgan globulyar klaster;

„Messier marafoni“dagi ketma-ketlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]

… M 75 → M 73 → Messier 2 → M 55 → M 30 …

  1. Stephen James O'Meara. Deep-Sky Companions: The Messier Objects. Cambridge University Press, 7 April 2014 — 47–-bet. ISBN 978-1-107-01837-2. 
  2. „Шаровое скопление М 2“ (ru) (deadlink). 2004-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 10-sentyabr. (Wayback Machine saytida 2004-07-05 sanasida arxivlangan)