Kontent qismiga oʻtish

Messier 38

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(M 38 yulduzlar to‘dasidan yoʻnaltirildi)

M 38 tarqoq toʻdasi (shuningdek, Messiye Obyekti 38 yoki NGC 1912 nomi bilan ham tanilgan) Aravakash yulduz turkumidagi tarqoq toʻdadir.

Kashfiyot tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻda 1654-yilgacha Jovanni Battista Godierna tomonidan kashf etilgan. Bundan qatʼiy nazar, u 1749-yilda Le Gentil tomonidan topilgan.

Qiziqarli xususiyatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

M38 Yerdan 4200 yorugʻlik yili uzoqlikda joylashgan.

Aravakash yulduz turkumida joylashgan M 38 tarqoq toʻdasi

M38 uchta mashhur Aravakash tarqoq toʻdalarining eng xirasidir. Uni, butun yulduz turkumi singari, kuzdan bahorgacha kuzatish mumkin. Durbin yordamida uni Aravakashning θ-ı kesmasining oʻrtasidan topish qiyin emas. Oʻrtacha (100-127 mm) optikli teleskopda toʻda qush iziga oʻxshash shaklda toʻplangan bir necha oʻnlab oq va sargʻish yulduzlarga boʻlinadi, romantik insonlar bu toʻdani „Dinozavrning izi“ deb ataydi.

M 38 dan janubda (taxminan yarim daraja) biroz ixchamroq va xira NGC 1907 yulduz toʻdasini topish mumkin.

Messiye katalogidagi osmon qoʻshnilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • M 36 — (janubiy-sharqqa bir-ikki daraja) yorqinroq, ammo yulduzlarga boy boʻlmagan toʻda;
  • M 37 — (yanada janubi-sharqda) Aravakashning uchinchi yorqin toʻdasi;
  • M 45 — „Pleyadalar“ (janubi-gʻarbda, Savr yulduz turkumida);
  • M 1 — (janubda, Savr yulduz turkumida) mashhur „Qisqichbaqasimon“ tumanlik;
  • M 35 — (janubi-sharqda, Egizaklar turkumida) yorqin tarqoq toʻda.

"Messiye Marafoni" dagi kuzatishlar ketma-ketligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

M 45M 1M 38 → M 36 → M 37 …