Kontent qismiga oʻtish

Maʼdan Odinamuhammad Avazmuhammad oʻgʻli

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Maʼdan Odinamuhammad Avazmuhammad oʻgʻli (1762, hozirgi Tojikiston Asht tumani — 1838) — shoir. Kamina taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Sheʼriyatdagi shuhrati butun Qoʻqon xonligiga tarqalgan. Madalixon taklif qilganda, shoir saroyga borishdan bosh tortadi. Maʼdan sheʼrlaridan devon tuzgan, bir qancha sheʼrlari qoʻlyozma va toshbosma bayozlarda uchraydi. Asarlarining aksariyati gʻazal va muhammas janrlarida yaratilgan. Sheʼrlarida inson erki, muhabbat ulugʻlangan. "Jonim" radifli muhammasida mavjud muhitdan noroziligi, "Koʻrgazgil menga" radifli gʻazalida alamli, jafokash dunyodan toʻyganligi, "gʻam tugʻyonida" gʻarq boʻlayotganligi ifodalanadi. Shoirning "Pongʻoz" muhammasi Maxmurning "Hapalak" sheʼriga hamohang qilib yozilgan.

Ad.h Qayumov A., Qoʻqon adabiy muhiti, T., 1961; Abdullayev V., Oʻzbek adabiyoti tarixi, 2-kitob, T., 1964.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil