Kontent qismiga oʻtish

Makedon tili

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Macedoniana linguodan yoʻnaltirildi)
Makedon tili
Milliy nomi Македонски јазик
Mamlakatlar  Shimoliy Makedoniya
 Albaniya
 Ruminiya[1]
 Serbiya[2][3]
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 1,6[4] – 3,0 million.
Tartiblovchi tashkilot Krste Misirkov makedon tili instituti
Turkumlanishi
Turkum Hind-yevropa tillari
Til oilasi

Balt-Slavyan tillari

Slavyan tarmoq
Janubiy slavyan
Sharqiy janubiy slavyan
Alifbosi Kirill yozuvi (Makedon alifbosi)
Til kodlari
ISO 639-1 mk
ISO 639-2 mac
ISO 639-3 mkd

Makedon tili (maked.: македонски јазик) — hind-yevropa tillar oilasiga kiruvchi jan. slavyan tillaridan biri, Makedoniya Respublikasining rasmiy tili (2 mln. ga yaqin kishi soʻzlashadi). Lahjalari gʻarbiy, sharqiy, shim. guruhlarga boʻlinadi. Adabiy Makedon tilida 5 ta unli fonema (a, o, u, ye, i)dan tashqari, "r" undoshi ham boʻgʻin hosil qiladi. Urgʻusiz boʻgʻinlar reduksiyasi uchramaydi. "X"dan boshqa barcha shovqinli undoshlar jaranglilikjarangsizlik boʻyicha oʻz juftiga ega. Undoshlar qatorida qattiq — yumshoqlik kuzatiladi. Otlarda kelishik qoʻshimchalari yoʻq, sintaktik munosabatlar analitik tarzda ifodalanadi. Feʼllar murakkab zamon shakllari tizimiga ega. Makedon tili alifbosi kirill yozu-vmga, imlosi esa fonetik qonunqoidalarga asoslangan.[5]