Kontent qismiga oʻtish

Manzura Madaliyeva

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Madaliyeva Manzuradan yoʻnaltirildi)
Madaliyeva Manzura
Tavalludi 26-avgust 1942-yil (1942-08-26) (82 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Qo'qon davlat pedagogika instituti
Kasbi pedagog
Millati oʻzbek
Unvoni Oʻzbekiston qahramoni

Manzura Abdullayevna Madaliyeva (1947-yil 26-avgust) — ilgʻor oʻqituvchi, Oʻzbekiston Qahramoni.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1970-yilda Qoʻqon pedagogika institutining matematika fakultetini tugatgan. 1970-yildan Qoʻqon shahridagi 10-maktabda matematika fani oʻqituvchisi sifatida faoliyat olib borgan. Madalieva matematika taʼlimida oʼziga xos maktab yaratgan. U maktabda birinchi boʼlib «matematika fani xonasi»ni tashkil etib, unga matematika tarixiga doir asarlar, matematika fanining buyuk allomalari suratlari, kitoblarini qoʼygan. Viloyatda birinchi boʻlib "Qiziqarli matematika kechasi"ni oʻtkazgan. Madaliyeva birinchi marta matematikadan dars berishda televideniye imkoniyatlaridan keng foydalanishni yoʻlga qoʻygan. Oʻzbekiston televideniyesi uning ssenariysini "Bilmasvoy matematika kechasida" nomi bilan namoyish etgan. Xuddi shunday koʻrsatuv Al-Xorazmiy tavalludining 1200-yilligiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy anjuman qantashchilariga ham namoyish etildi[1].

1991-yilda “O'qituvchi” nashriyotida uning ish tajribasi, faoliyati haqida hikoya qiluvchi “Sahnada matematika” nomli kitob nashr qilindi. Risolada matematika fani bo'yicha to'garak mashg'ulotlari va kecha­larida o'quvchilarni axloqiy-estetik ruhda tarbiyalash g'oyasi ilgari surilgan. Kitob­chadagi didaktik she'rlarni ham Manzura Madalievaning o'zi yozgan. Shuningdek, "Koʻpburchaklar tashkiloti va Ahmad" inssenirovkasi muallifi[2]. 1997-yilda yoshlarga ta'lim va tarbiya berish borasidagi davlat va xalq oldidagi qahramonona mehnati uchun «O'zbekiston Qahramoni» unvoni berilgan[3][4]. Oilali, uch nafar farzandi bor.

  1. Yangi Oʻzbekiston - maktab ostonasidan boshlanadi [Izomaterial]: kitob-albom/ Xalq ta'limi vazirligi -Toshkent: 2021.-256 b.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-1833-sonli Farmoni
  4. O‘zbekiston Qahramoni unvoni sohibalarining hayoti bilan tanishing
Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 26-iyul, 2022-yil(2022-07-26) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.