Kontent qismiga oʻtish

Magnit lenta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Magnit tasmadan yoʻnaltirildi)

Magnit lenta, magnit tasma — sirtiga magnit katlami surkalgan yupqa qayishoq lenta. Tovush (nutq, musiqa)ni yozib olish va qayta eshittirish uchun ishlatiladi (qarang Magnitik yozish). Ishchi magnit qatlami temir gamma-oksid (v=F2O3), xrom (II) oksid (SYU2) va kobalt qoʻshilgan temir gamma-oksidning magnit jihatdan qattiq kukunidan iborat buladi (qarang Magnit materiallar). Magnit lenta asosi sifatida polietilenteleftalat, polivinilxlorid, diatsetat va triatsetat plyonka ishlatiladi. Plyonka sirtiga surkaladigan tarkib magnit kukuni, bogʻlovchi modda, eritgich, plastifikator va Magnit lenta sifatini yaxshilaydigan qoʻshimchalardan iborat boʻladi. Magnit lenta temperatura 20±5° gacha boʻlgan sharoitlarda ishlatiladi va saqlanadi. Metall va bimetall Magnit lenta ishlatiladi. Lentaning eni va kalinligi nimaga ishlatilishiga qarab tanlanadi. Mas, tovushni yozib olishda eni 3,81 va 6,25 mm, qalinligi 9—55 mkm boʻlgan Magnit lenta ishlatiladi. Hozir (2003) yupqa ishchi qatlami So—Ni (kobaltnikel), So—R (kobalt—fosfor) So—N—R (kobalt — azot — fosfor) va So—W (kobalt—volfram) qotishmalaridan iborat metall Magnit lenta ishlab chiqarilmoqda.[1]

Magnit tasma — nozik magnit qatlam bilan qoplangan moslashuvchan lenta koʻrinishidagi axborot tashuvchi vosita. Magnit tasmadagi maʼlumotlar magnit yozuv yordamida oʻrnatiladi. Ovoz va tasvirni magnit tasmaga yozib olish uchun moʻljallangan moslamalar magnitafon va videomagnitofon deb ataladi. Kompyuter maʼlumotlarini magnit tasmada saqlash uchun moʻljallangan zamonaviy qurilma esa strimer deb nomlanadi.

Magnit tasmaning yaratilishi eshittirishlar va ovozni yozib olish sohasida yangilik boʻldi. Endilikda televideniye va radio eshittirishlarda jonli efirlar oʻrniga dasturlarni keyinroq efirga uzatish uchun oldindan yozib olish imkoniyati paydo boʻldi. Birinchi koʻp trekli magnitafonlarning kashf etilishi ovozni turli manbalardan bir nechta alohida treklarga yozib olish va ularni kerakli effektlar bilan boyitib, yakuniy yozuv bilan aralashtirish imkoniyatini yaratdi. Bundan tashqari, kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi maʼlumotlarni uzoq vaqt davomida istalgan paytda foydalanish uchun saqlab qoʻyish imkoniyatini yaratdi.

1970—1980-yillarda ishlab chiqarilgan magnit tasmalarning baʼzi turlari degradatsiya(uzilib ketish)ga moyil boʻlgan. Degradatsiya holati tasma bogʻlamining buzilishi natijasida yuzaga keladi, buning oqibatida tasmadan foydalanishning imkoni boʻlmaydi[2].

Magnit tasma moslashuvchan asosdan tashkil topib, uning ustki qismiga maxsus lakdagi nozik ferromagnit kukunning suspenziyasi ishchi qatlam sifatida qoʻllanadi. Ularning orasiga oraliq qatlam joylashtirilishi mumkin, bu tayanch va ishchi qatlamning mustahkam jipslashishini taʼminlaydi. Ishchi qatlamning oʻzi ham turli tarkibdagi ferromagnit kukunli bir necha qatlamlardan iborat boʻlishi mumkin. Bunga qoʻshimcha ravishda, baʼzan ishchi qatlamning yuza qismiga lenta yoʻlidagi ishqalanishni kamaytirish maqsadida yana bir modda masalan, kolloid grafitdan tashkil topgan antifriksiya qoʻllanishi mumkin. Tasmaning umumiy qalinligi birdan oʻnlab mikrometrgacha, kengligi esa maqsadga koʻra, bir necha millimetrdan 100 mm gacha yoki undan koʻproq oʻlchov birligini tashkil etishi mumkin. Tasma odatda, u yoki bu dizayndagi yadro shaklida yoki qattiq rulonga oʻralgan gʻaltak holatida foydalanish uchun yetkazib beriladi.

Magnit tasmaning asosini sintetik materiallar, koʻpincha sellyuloza asetat (diatsetat va triasetat), polietilen tereftalat (lavsan) va polimidlar tashkil qiladi. Magnit masma tarixida uning asosi sifatida boshqa materiallar (qogʻoz, sellyuloid, polietilen, PVX)dan foydalanish holati ham kuzatiladi, biroq ularning sifati magnit tasmalarga qoʻyilgan talablarga toʻliq javob bera olmagani uchun keyinchalik ulardan foydalanilmagan.

Ishchi qatlam sifatida[2] temir, xrom, kobalt oksidlari va ularning aralashma kukunlari, shuningdek, sof metallarning kukunlari ishlatiladi. Tasmaning asosiy xarakteristikalari koʻp jihatdan ishchi qatlamning tarkibi, qalinligi va bir xilligi, magnit kukun zarralarining oʻlchami va shakliga bogʻliq.

Bundan tashqari, bir qatlamli magnit lentalar ham mavjud boʻlib, ularda ferromagnit kukunlari asosiy materialning qalinligida taqsimlanadi va uglerod poʻlatining ingichka chizigʻi boʻlgan toʻliq metall lentalar joylashtirib chiqiladi. Biroq, koʻp holatlarda yuqorida tavsiflangan koʻp qatlamli tasmalardan foydalanilgan.

Maishiy kassetali magnitafonlar uchun magnit tasmalarning turlari

Maishiy kassetali magnitafonlar uchun magnit tasmalarning turlari[3]
Tasma turi Ishchi qatlam tarkibi Oddiy tasma Yozib olish vaqti konstantasi, ms
MEK-1 (Type 1, extra 1, normal, Fe, Fe1, IEC1, EQ 120μS) BASF/R-723D 120 3180
MEK-2 (chromdioxid, chrom) BASF/S-401 70 3180
MEK-3 (Ferri chrom III, Ferrochrom) Sony/S-301

Sony/M-10655

MEK-4 (pure metal, metal) oʻrnatilmagan

Fonogrammali tasma oʻramining uchida magnit boʻlmagan rakord yopishtiriladi. Uning rangi yozilgan fonogramma tezligiga mos kelishi kerak:

  • 19,05 sm/s — sariq
  • 9,53 sm/s — koʻk
  • 4,76 sm/s — oq.

Barcha tezliklar uchun magnit oʻrami oxirida qizil rakord ishlatiladi[4].

1955-yildan boshlab xonadonlarda foydalaniladigan magnitafonlar uchun ,,Tip2” tasmasi ishlab chiqarilalgan (tasma kengligi-6,35 mm, qalinligi-55 mikron, asosiy materiali – diasetat boʻlgan).
Kompakt kasetalarda qalinligi 9 dan 18 mikrongacha boʻlgan, asosi lavsandan tayyorlangan 3,81 mm kenglikdagi tasma ishlatilgan.

Magnit tasma 1930-yillarda Germaniyada ikki yirik korporatsiya: BASF kimyoviy konserni va AEG elektron kompaniyasi hamkorligida nemis radioeshittirish kompaniyasi RRG koʻmagida ishlab chiqilgan. 1927-yilda nemis muhandisi Frits Pflyoymer (Fritz Pfleumer) turli materiallar ustida bir qator tajribalarni amalga oshirgandan soʻng, temir oksidi kukunini yelim yordamida yupqa qogʻozga surtib chiqgan. Shundan soʻng, muhandis 1928-yilda qogʻoz yoki tasma chizigʻida magnit kukunni ishlatish uchun patent oladi. Ayni shu yili u qogʻozli tasma orqali magnit yozish qurilmasini ommaga namoyish etadi. Qogʻoz tasmasi yaxshi magnitlangan va muxtahkam kleylanganligi bois, unda ishlash qulay boʻlib, tasmani kesish va yopishtirish mumkin boʻlgan. Biroq 1936-yilda Germaniya Milliy sudi Pflyoymer patenti boʻyicha huquqlarni bekor qiladi. Chunki ushbu gʻoya, yaʼni qogʻoz tasmasini temir kukuni bilan qoplash huquqi Poulsenga 1898-yilda berilgan patentda keltirilgan edi. 1932-yilda AEG Pflyoymerning gʻoyasini ishga solib, „Magnetophon K1“ deb nomlangan magnit yozish moslamasini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi. „Magnetophon K1“ning tashuvchisi Germaniyaning BASF kimyoviy konserni tomonidan ishlab chiqarilgan tasma edi. „Magnetophon K1“ 1935-yilda Berlindagi radiokoʻrgazmada ommaga taqdim etilgan.

IG Farben/BASF kompaniyasidan Fridrix Mattias (Friedrich Matthias) yopishtiruvchi va temir oksidi kukuni purkalgan substratdan iborat koʻp qatlamli tasmani ishlab chiqadi. 1939-yilda BASF ushbu tasmani ommaga taqdim etgan. Bu ixtiro tasvirga olish sohasida inqilob yasadi. Bunga parallel ravishda muhandis Valter Veber AEG tomonidan ishlab chiqarilgan magnitafonlarning tinglash sifatini yaxshilash ustida ishlay boshladi. U tasmaning magnitlanishi ustida tajriba oʻtkazadi. Tajriba natijasida yuqori chastotali oʻzgaruvchan tok yoʻnalishi ijro sifatini sezilarli darajada yaxshilashi empirik tarzda isbotlanadi. 1940-yilning bahorida Veber yuqori chastotali oʻzgaruvchan tokni yoʻnaltirish texnologiyasiga patent oladi va 1941-yilda AEG „Magnetophon K4-HF“ magnitafonining yangi modelini yaratadi. Magnit yozish apparatining ushbu modelining texnik xususiyatlari oʻsha paytda mavjud boʻlgan barcha magnit yozish apparatlaridan ustun boʻlgan. Veber tomonidan kashf etilgan texnologiya tufayli 60 dB boʻlgan signal-shovqin nisbati endi 10 kGts dan yuqori chastotalarni qayta ishlab chiqarish imkoniyatini yaratdi.

1942-yilda AEG stereofonik ovoz yozish jarayoni ustida tajriba oʻtkaza boshlagan.

Ovoz yozishda eng keng tarqalgan tasmalar kengligi 6,35 mm/0,25 (gʻaltak oʻramli magnitafonlar uchun) va 3,81mm/0,15 dyuym (kompakt kassetalarda) boʻlgan. Boshqa kenglikdagi lentalar studiyadagi koʻp yoʻlli magnitafonlarda, videoyozuv, raqamli maʼlumotlarni yozib olish va boshqa maxsus maqsadlarda qoʻllangan.

Dunyodagi magnit tasmalarni ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalar BASF, Agfa (Germaniya), 3M (AQSh), Denon, Maxell, TDK, Sony (Yaponiya) boʻlgan. SSSRda magnit tasmalarning asosiy ishlab chiqaruvchilari „Svema“ Shostkin PO, Qozon PO „Tasma“ va V. V. Kuybishev va Pereslavl PO nomidagi „Slavich“ ishlab chiqarish birlashmasi boʻlgan.

Videokasseta VHS

Dunyodagi birinchi videomagnitofon 1956-yil 14-aprelda „Ampex“ firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Kaliforniyada rossiyalik muhojir Aleksandr Matveyevich Ponyatov tomonidan asos solingan ushbu kichik kompaniya oʻzaro chiziqli videoyozuvni ixtiro qilish va aylanuvchi boshli tizimni qoʻllash orqali videoyozuv texnologiyasida haqiqiy yutuq yaratdi. Ular gʻaltaklarga oʻralgan 2 dyuymli (50,8 mm) kenglikdagi Q (Quadruplex) formati deb nomlanuvchi tasmadan foydalanganlar. 1956-yil 30-noyabrda CBS birinchi marta „Ampex“dan yangiliklar dasturini yozib olish uchun foydalangan. Videomagnitafonlar telemarkazlarda haqiqiy texnologik inqilobni yuzaga keltirdi[5].

1965-yilda „Ampex“ rangli uzatish video yozuvi loyihasini ixtiro qildi[6].

1969-yilda Sony „U-matic oblique-line“ analog magnitli video yozish formatini taqdim etdi. Bu 3/4 dyuymli magnit tasmali video kassetadan foydalaniladigan birinchi qurulma boʻlgan.

Video yozuvlar tarixida haqiqiy yutuq JVC tomonidan 1976-yilda taqdim etilgan VHS formatining yaratilishi boʻldi. Mazkur loyiha arzon va ishonchli videomagnitofonlar, shuningdek, muvaffaqiyatli marketing formatning ommaviy tarqalishiga yordam berdi[7].

1982-yilda Sony „Betacam“ tizimini ishlab chiqdi. Ushbu tizim televizor kamerasi va yozib olish moslamasini bir qurilmada birlashtirgan ilk videokamera edi. Kamera va videomagnitofon oʻrtasida hech qanday kabel oʻrnatilmaganligi bois, videokameradan foydalanish operatorga bir muncha qulayliklarni yaratdi. „Betacam“da 1/2 dyuymli kasetlardan foydalaniladi. U tez orada televidenie yangiliklarini ishlab chiqarish va studiya videolarini montaj qilish uchun standart qurulmaga aylandi.

1986-yilda Sony SMPTE tomonidan standartlashtirilgan birinchi raqamli video yozish formati „D1“ni yaratdi va bu qurulma raqamli video yozuvlar davrini boshlab berdi. 1995-yilda taqdim etilgan DV formati sohadagi keng tarqalgan raqamli video yozish formatiga aylandi.

Maʼlumotlarni saqlash

[tahrir | manbasini tahrirlash]
QIC-80 kassetasi

Magnit tasma birinchi marta 1951-yilda Eckert-Mauchly Computer Corporation tomonidan AVM UNIVAC I kompyuterida kompyuter maʼlumotlarini yozib olish uchun ishlatilgan. Bunda tashuvchi 12,65mm kenglikdagi bronza qoplamali yupqa metal chiziqdan (Vicalloy deb ataladi) tashkil topgan. Yozib olish zichligi sakkizta trek boʻylab bir dyuym uchun 128 belgi (198 mikrometr/char)ni tashkil etgan.

1964-yilda IBM System/360 oilasi IBM firmasida 9-trelli chiziqli tasma standartini qabul qildi, keyinchalik bu boshqa ishlab chiqaruvchilarning tizimlariga tarqalgan va 1980-yillargacha keng qoʻllangan. 1970-yillar va 1980-yillarning boshlaridagi (1990-yillarning oʻrtalarigacha) xonadonlardagi shaxsiy kompyuterlarda koʻp hollarda asosiy tashqi xotira qurilmasi sifatida anʼanaviy maishiy magnitafon va kompakt kassetadan foydalanilgan.

1989-yilda Hewlett-Packard i Sony DAT audio formatiga asoslangan DDS (ing.Digital Data Storage) maʼlumotlarni saqlash formatini ishlab chiqdilar.

1990-yillarda QIC-40 va QIC-80 standartlari mos ravishda 40 va 80 MB fizik sigʻimga ega kichik kassetalardan shaxsiy kompyuterning zaxira tizimlarida keng foydalanilgan.

Magnit lentalarda maʼlumotni saqlashning kafolatlangan muddati 30-40 yilni tashkil etadi, biroq 50 yildan ortiq saqlangan maʼlumotlarga ham misollar mavjud[8]

  • Брагинский Г. И., Тимофеев Е. Н. Технология магнитных лент. — М.: «Химия», 1987, ISBN 5-7245-0055-8
  • Мазо Я. А. Магнитная лента. — М.: Энергия, 1975
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Magnetic Materials“, MEMORY OF THE WORLD: Safeguarding the Documentary Heritage. A guide to Standards, Recommended Practices and Reference Literature Related to the Preservation of Documents of All Kinds. UNESCO, 1998. 
  3. Бытовая аппаратура магнитной записи: Справочник 1987, s. 283.
  4. Бытовая аппаратура магнитной записи: Справочник 1987, s. 288.
  5. „Первый в мире видеомагнитофон“ (deadlink). 2013-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
  6. Лейтес, Л. Вклад Александра Понятова в создание первых профессиональных видеомагнитофонов и форматов видеозаписи // 625: научно-технический журнал. — M.: ООО «Издательство 625», 2009. — № 1 (145). — С. 72. — ISSN 0869-7914. Архивировано 20 dekabr 2009 года.
  7. „Кассета, изменившая мир“ (deadlink). 2012-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 13-aprel.
  8. Петров В. В., Крючин А. А., Шанойло С. М. Новейшие технологии долговременного хранения электронных информационных ресурсов[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка