Kontent qismiga oʻtish

Zilzila magnitudasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Magnitudadan yoʻnaltirildi)

Magnituda (lot. magnitudo — miqdor, oʻlcham), Zilzila magnitudasi — zilzila yoki portlashdan vujudga keladigan taranglik tebranishi umumiy energiyasini tavsiflovchi shartli oʻlcham; fanga 1940-yillarning boshlarida amerikalik tadqiqotchilar Ch. Rixter va boshqa Gutenberglar tomonidan kiritilgan. Tebranish energiyasi logarifmiga toʻgʻri proporsional. Odatda, seysmograflar qayd qilgan tebranish davrining amplituda maksimumiga nisbatan aniqlanadi. M. tebranish manbaining energiyasi boʻyicha qiyoslashga imkon beradi. M.ning bir birlikka ortishi tebranish energiyasining yuz marta ortishiga muvofiq keladi. Maʼlum boʻlgan eng kuchli zilzilalar M.si 9 dan oshmaydi (taxminan 10".J" yoki 1026 erg ga muvofiq keladi). Ballarda hisoblanadigan zilzila kuchi yer yuzasida sodir boʻlgan larza va vayronagarchiliklar bilan baholanadi va u M.dan tashqari epitsentral zonadagi zilzila oʻchogʻining chuqurligi va geologik sharoitlariga ham bogʻliq. Zilzila oʻchogʻi chuqur boʻlmaganda vayronagarchilik epitsentrda 5 M.dayoq boshlanadi, agar zilzila oʻchogʻi bir necha yuz km chuqurlikda boʻlsa 7 M.da ham vayronagarchilik deyarli kuzatilmaydi. M. — 0 da kuchsiz tebranish boʻlib, epitsentr yaqinida oʻrnatilgan asbobgina qayd qila oladi; M. — 5 li zilzilada ozmoz buzilishlar boʻladi; M. — 7 da kuchli zilzila; M. — 8,5—8,9 da eng kuchli zilzila sodir boʻladi. M. < 25 xatolik bilan aniqlanadi. Yana q. Zilzila.[1]

Har yili Yerda taxminan:

  • 8,0 yoki undan katta magnitudali 1 zilzila;
  • 7,0—7,9 magnitudali 10 zilzila;
  • 6,0—6,9 magnitudali 100 zilzila;
  • 5,0—5,9 magnitudali 1000 zilzila sodir boʻladi.
Richter magnitudalari Tavsif Zilzila taʼsiri Ehtimolligi
2,0 dan kam Mikro Mikrozilzila, deyarli sezilarsiz. Kuniga 8000 marta
2.0–2.9 Kichik Koʻpchilik sezmaydi. Kuniga 1000 marta
3.0–3.9 Sezilarli, biroq bezarar. Yiliga 49000 marta
4.0–4.9 Yengil Inshootlar ichidagi buyumlar chayqaladi, biroq binolarga sezilarli zarar yetmaydi. Yiliga 6200 marta
5.0–5.9 Oʻrta Nozik imoratlar buzilishi mumkin. Yiliga 800 marta
6.0–6.9 Kuchli 160 km radiusdagi inshootlar buzilishi mumkin. Yiliga 120 marta
7.0–7.9 Katta Jiddiy talafotlarga olib kelishi mumkin. Yiliga 18 marta
8.0–8.9 Buyuk Bir necha yuz km radiusdagi inshootlar buzilishi mumkin. Yiliga 1 marta
9.0–9.9 Bir necha ming km raduisdagi inshootlar buzilishi mumkin.
Har 20 yilda 1 marta
10.0+ Ulkan Butun Yer sayyorasida anchagina sezilarli boʻlishi mumkin.
Nihoyatda kamdan-kam (bugungacha qayd etilmagan)

AQSh geologik tadqiqotlariga koʻra[2]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. FAQs - Measuring Earthquakes, 2012-01-11da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2011-05-13