Kontent qismiga oʻtish

Saidahmad Mahmudov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mahmudov Saidahmaddan yoʻnaltirildi)

Mahmudov Saidahmad (1909-yil 12-mart Qoʻqon — 1998-yil 2-sentabr, naqqosh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). Oʻzbekiston Badiiyot akademiyasi faxriy aʼzosi (1997). Naqqoshlikni otasi usta Saidmahmud Norkoʻziyevdan oʻrgangan. 1928-yildan "Quyosh" artelida naqqosh. Otasi bilan jamoat binolari (choyxona va klublar)ni bezashda ishtirok etgan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—1943). Navoiy teatri binosidagi Fargʻona zalini bezashda ishtirok etgani (1946—47) dan soʻng mustaqil usta sifatida faoliyat boshladi. Mahmudov Fargʻona vodiysiga xos naqqoshlik maktabi anʼanalarining rivojlanishi va boyitilishiga katta hissa qoʻshdi, uning ijodiga bezakning meʼmoriy shakl bilan, ranglarning oʻzaro uygʻunligi, naqsh mujassamoti yechimining puxtaligi xos. Mahmudov Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻizistonda koʻplab madaniyat saroylari, klub, mehmonxona, choyxonalarni bezadi: Qoʻqondagi "Baxt uyi", "Ustoz", "Guldasta" choyxonalari, Fargʻonadagi "Paxtakor" kzining klub, choyxona va mehmonxonasi, Oʻzbekiston tumanidagi avtovokzal, Qoʻqon moy-yogʻ kombinatining choyxona va profilaktoriysi, Toshkentdagi "Fargʻona" choyxonasi va boshqa Qoʻqondagi Xudo-yorxon saroyi (hozirgi shahar oʻlkashunoslik muzeyi) zallarini taʼmirlashda ustaning mahorati namoyon boʻldi. 1963-yildan Qoʻqon shahri oʻquvchilar saroyidagi naqqoshlik toʻgaragida, keyinchalik "ustoz — shogird" usulida koʻplab shogirdlar tayyorladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil