Kontent qismiga oʻtish

Maxwell taqsimoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Maksvell taqsimotidan yoʻnaltirildi)
Ehtimollik zichligi funksiyasi
Maxwell tezligini taqsimlash tomon boʻshashadigan 2D gaz simulyatsiyasi

Maxwell taqsimoti (talaffuzi: Maksvell) – statistik muvozanat holatida turgan fizik sistema tarkibidagi klassik mexanika qonunlariga boʻysunuvchi zarralar (molekula, atom, elektron va boshqalar) ning tezlik boʻyicha taqsimlanishi qonuni. 1859-yilda James Clerk Maxwell aniqlagan. Maxwell taqsimotiga, asosan, statistik muvozanat holatidagi gazda ixtiyoriy molekula tezligi v ning koordinatalardagi proyeksiyalarining mos ravishda erishishi mumkin boʻlgan istalgan vx vy, vz kattaliklarga toʻgʻri keluvchi birlik intervaldagi qiymatlardan birortasiga teng boʻlish ehtimolligini ifodalaydi. Maxwell taqsimoti birinchi marta 1920-yilda nemis fizigi Otto Stern tomonidan qizdirish natijasida kumush atomlarining bugʻlanib chikib turishidan foydalanib oʻtkazgan tajribalarida toʻla tasdiqlangan.