Kontent qismiga oʻtish

Malaya Federatsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Malayya Federatsiyasidan yoʻnaltirildi)
Malayya Federatsiyasi
malaycha: Persekutuan Tanah Melayu
Madhiya: God Save the King / Queen
(1948–1957)
Negaraku
(1957–1963)
Malayya Federatsiyasining joylashgan joyi (toʻq koʻk)
Malayya Federatsiyasining joylashgan joyi (toʻq koʻk)
Poytaxt Kuala Lumpur
Rasmiy til(lar) Malaya (rasmiy),
Inglizcha
Hukumat Britaniya protektorati sifatidagi Federatsiya (1948–1957)
Federal parlamentli saylanadigan konstitutsiyaviy monarxiya (1957–1963)
Monarx  
• 1948–1952
Georg VI
• 1952–1957
Yelizaveta II
• 1957–1960
Abdul Rahmon
• 1960
Hisomuddin
• 1960–1963
Putra
Oliy komissar  
• 1948
Edvard Gent
• 1948–1951
Genri Gerni
• 1952–1954
Jerald Templer
• 1954–1957
Donald MakGillivrey
Qonun chiqaruvchi hokimiyat Federal qonunchilik kengashi
(1948–1959)
Parlament
(1959-yildan)
• Yuqori palata
Dewan Negara
(Senat)
(1959-yildan)
• Quyi palata
Dewan Rakyat
(Vakillar palatasi)
(1959-yildan)
• Tashkil topgan
1948-yil 1-fevral
• Mustaqillik
1957-yil 31-avgust
• Malayziya shartnomasi
1963-yil 16-sentyabr
Pul birligi Malayya dollari (1948–1953)
Malayya va Britaniya Barneosi dollari (1953–1967)
Vaqt mintaqasi UTC+7:30
(Malaya Standard Time)
Avvalgi davlat
Keyingi davlat
Malayya Ittifoqi
Malakka qirollik koloniyasi
Penang qirollik koloniyasi
Malayziya

Malaya Federatsiyasi (malaycha: Persekutuan Tanah Melayu) — Sharqi-janubiy Osiyoda, Malakka yarim orolining janubida joylashgan davlat. Maydoni 131 ming kvadrat kilometr. Aholisi 6,6 million kishi. Asosan malayya xalqlari, xitoy, hind va arablardan iborat boʻlib, davlat tili malayya tilidir. Poytaxti Kuala-Lumpur shahri (aholisi 315 ming kishi).

Malakka yarim oroli dengiz oʻrtasidagi torgina quruqlikdan iborat. Tepa va togʻli yerlari koʻproq boʻlib, nam tropik iqlimga ega. Yerining 75 foizi qalin oʻrmonlardan iborat.

XVI asrda Malayyani portugaliyaliklar bosib oldi. XVII asrda gollandlar qoʻliga oʻtdi. XІX asr boshida esa uni Angliya imperializmi egallab, bir necha qismlarga boʻlib yubordi.

Ikkinchi jahon urushi davrida Malayyani yapon askarlari bosib oldilar. Urushdan keyin yana inglizlar qaytib keldi. Mustamlakachilar koʻp yillar davomida mahalliy aholini vahshiylarcha qirdilar, uy-joylarini vayron etdilar, serhosil ekinzorlarni oʻzlarining xususiy mulklariga aylantirdilar. Ammo, xalq oʻz ozodligi uchun astoydil kurashni davom ettirdi. Ingliz mustamlakachilari Malayya xalqini asoratda saqlash uchun koʻp urindi, yangi harbiy texnikani ishga soldi. Ammo, baribir boʻysundira olmadi.

1957-yil 31-avgustda Malayya federatsiyasi mustaqil deb eʼlon qilindi.

Qishloq xoʻjaligida asosiy ekinlari kauchuk (dunyodagi tabiiy kauchukning uchdan biri), sholi, kokos palmasi, shirin kartoshka va choy edi.

Foydali qazilmalaridan eng muhimi qalayi boʻlib, kapitalistik dunyoda qazib chiqariladigan qalayining uchdan biri shu mamlakatdan olindi. Kuala-Lumpur va Jorjtaun shaharlarida qalayi eritish zavodlari bor boʻlgan. Bundan tashqari, volfram, temir rudasi, boksit, oltin va uran rudasi bor edi. Mamlakatda sement va gʻisht zavodlari, rezinka poyafzal va kauchuk fabrikasi, ananas konserva, palma yogʻi va guruch zavodlari ishlab turgan.

Qishloq xoʻjaligi va sanoatning yirik korxonalari Angliya va AQSh monopolistlari, maydalari esa mahalliy burjuaziya qoʻlida edi.

Chet ellarga kauchuk, qalayi va palma yogʻi chiqarib, chetdan oziq-ovqat mahsulotlari, metall, uskunalar keltirilgan.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Malayya federatsiyasi konstitutsion monarxiyadir.

Davlat boshligʻi sultonlar kengashi tomonidan besh yil muddatga saylanadi. Davlat boshligʻi bosh vazirni va hukumat aʼzolarini tayinlaydi. U ikki palatali parlament oldida javobgardir. Qonun chiqaruvchi hokimiyat parlament ixtiyoridadir.

Malayya federatsiyasi Britaniya Millatlar hamdoʻstligi tarkibiga kiradi va Angliya bilan turli iqtisodiy hamda harbiy shartnomalar ila bogʻlangan.

Siyosiy partiyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Malayya birlashgan milliy tashkiloti – 1946-yilda tuzilgan, malayya burjuaziyasining partiyasi; Malayyalik xitoylar uyushmasi – 1949-yilda tuzilgan, xitoy burjuaziyasining partiyasi; Malayya hindlar kongressi – Malayyadagi hind burjuaziyasining partiyasi; Sotsialistik xalq fronti – 1958-yilda tuzilgan partiya. Kommunistik partiya 1931-yilda tuzilgan, 1948-yildan buyon yashirin holatda ishlamoqda. Malayyaning SSSR bilan diplomatik aloqasi yoʻq[1].

  1. Sarvar Azimov. Jahondagi mamlakatlar. Qisqacha siyosiy va iqtisodiy maʼlumotlar (1962) — 178--bet.