Kontent qismiga oʻtish

Vasiliy Maligin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Maligin Vasiliy Stepanovichdan yoʻnaltirildi)

Vasiliy Stepanovich Maligin (1882.25.1, hozirgi Rossiya Federatsiyasi Kirov viloyati – 1951.2.9, Toshkent) — meliorator, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir aʼzosi (1947), professor (1933). Moskva qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan (1911). Mirzachoʻl tajriba dalasida. labratoriya mudiri (1911 – 13), Zarafshon tajriba dalasi boshligi (1913–17), Turkiston ASSR Davlat reja qoʻmitasida qishloq xoʻjaligi seksiyasi raisi (1922–24). Yoʻlagan tajriba stansiyasi (Turkmaniston)da boʻlim boshligi, direktor (1924–27), Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash inje-nerlari institutida dotsent (1931–33), Toshkent qishloq xoʻjaligi institutida kafedra mudiri (1933–51). Oʻzbekistonda oliy qishloq xoʻjaligi taʼlimini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil