Kontent qismiga oʻtish

Margaret (Britaniya qirolichasi)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Malika Margaret
 Snoudon Grafinyasi
Mansab davri
3-oktabr 1961-yil – 9-fevral 2002-yil
Buyuk Britaniya malikasi
Mansab davri
11-dekabr 1936-yil
York malikasi
Mansab davri
21-avgust 1930-yil – 11-dekabr 1936-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Vafoti 9-fevral 2002-yil

Malika Margaret, Snoudon grafinyasi (talaffuzi: Margaret Rouz,inglizcha: Margaret Rose ; 1930 yil 21-avgust — 2002 yil 9-fevral) — Buyuk Britaniya qirollik oilasining aʼzosi, qirol George VI ning qizi, qirolicha Elizabeth II ning yagona singlisi.

Qirolicha Marie nabiralari bilan: boʻlajak qirolicha Elizabeth II va Margaret

Malika Margaret 1930-yil 21-avgustda Shotlandiyadagi Glemis qasrida tugʻilgan. U George VI va Elizabeth Bouz-Layonning kenja qizi edi. Malika Bukingem saroyidagi ibodatxonada choʻqintirildi. Uning choʻqintirgan otasi togʻasi, boʻlajak Edvard VIII, choʻqintirgan onasi esa Shvetsiya malikasi, bir necha yildan soʻng esa Daniya qirolichasi boʻlgan Ingrid edi.

Bolaligining koʻp qismini ota-onasi va singlisi bilan oʻtkazdi. Uning hayoti 1936-yilda amakisi qirol Edvard VIII ikki marta ajrashgan amerikalik Uollis Simpsonga uylanish uchun taxtdan voz kechganida keskin oʻzgardi: Margaretning otasi shahzoda Albert qirol George VI, onasi konsort-qirolicha, opasi taxtning merosxoʻri, Margaret esa taxtga ikkinchi merosxoʻr boʻldi.

Ikkinchi Jahon urushi paytida ikki opa- singil Londondagi koʻplab bombardimonlarga va ularni Kanadaga evakuatsiya qilishni taklif qilishlariga qaramay, Vindzor qal’asida qolishdi. Urush yillarida Margaret rasmiy vazifalarni bajarish uchun juda yosh hisoblangan va buning oʻrniga oʻqishni davom ettirgan.

Margaret Britaniya qirollik oilasining bahsli aʼzosi edi. Qirollik oilasi aʼzosi uchun gʻayrioddiy xatti-harakati tufayli malika paparatsilarning nishoniga aylandi. Uni keyinchalik Kanada bosh vaziri boʻlgan Jon Tyorner bilan birga payqashdi.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi jahon urushidan keyin Margaret (Britaniya Harbiy-havo kuchlarida armiya polkovnigi unvoniga ega) Piter Taunsendni sevib qoldi. Piter zodagon emas edi, lekin Buyuk Britaniya Qirollik havo kuchlarida hizmat qilar edi, shuning uchun Bukingem saroyiga kiritildi va qirollik oilasi doirasiga qabul qilindi.

Taunsend rafiqasi Rousemary bilan 1952-yilda ajrashdi. U keyingi yilning boshida Margaretga turmush qurishni taklif qildi. Hukumatdagi koʻpchilik qirolichaning 22 yoshli singlisi uchun uni nomunosib er boʻladi deb oʻylagan va Angliya cherkovi ajrashgan erkak bilan quriladigan nikohni tasdiqlashdan bosh tortgan. Kapitanga turmushga chiqishi uchun malika Margaret qirollik saroyi qoidalariga koʻra, 25 yoshga toʻlishi, qirollik unvonidan va unga sarflanadigan xarajatlardan voz kechishi kerak edi. Bir necha yil davom etgan munosabatlardan soʻng, Margaret „vatan oldidagi burchlari tufayli“ Piter bilan ajrashganini ochiq eʼlon qildi.

1960-yil 6-mayda malika Uels zodagonlari oilasidan boʻlgan fotograf Antony Armstrong-Jonsga turmushga chiqadi. Bunda 450 yil ichida birinchi marta qirollik qoni boʻlgan odamga oddiy odam bilan turmush qurishga ruxsat berilgan.

Marosim Vestminster abbeyligida(katolik monastir) boʻlib oʻtdi va televideniyeda namoyish etilgan birinchi qirollik toʻyi boʻldi. U butun dunyo boʻylab 300 million tomoshabinning eʼtiborini tortdi. Nikoh marosimiga 2000 nafar mehmon taklif qilindi.

Margaretning yubkasi atigi 30 m boʻlgan toʻy libosi Norman Xartnel tomonidan yaratilgan boʻlib, malikaning boshida 1870-yillarda yasalgan Poltimor tiarasi bor edi. Kelinga Yedinburg gertsogi hamrohlik qildi, haydovchi esa doktor Rodger Gilliatt edi. Nikoh xizmatini Kenterberi arxiyepiskopi Geffry Fisher boshqargan. Marosimdan soʻng, er-xotin anʼanaga koʻra, Bukingem saroyi balkonida paydo boʻldi[1].

Asal oyi davomida yangi turmush qurganlar Britaniya qirollik yaxtasida olti haftalik Karib dengizida sayohat qilishdi. Shundan soʻng ular Kensington saroyidayashashdi.

Bu nikohda ikki farzand tugʻildi:

  • David Armstrong-Jhons (1961-yil 3-noyabrda tugʻilgan) — Linli vikonti va 2017-yildan buyon Snoudonning ikkinchi grafi.
  • Sarah Armstrong-Jhons xonim (1964-yil 1-mayda tugʻilgan), Daniel Chattoning rafiqasi.

1978-yilda Snoudon grafi va grafinyasi malika Margaretning baronet Roddi Llevelin bilan ishqiy munosabati tufayli ajrashishdi.

Kasalligi va vafoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hayotining soʻnggi yigirma yilligida uning sogʻligʻi asta-sekin yomonlashdi. Margaret oʻn besh yoshidan chekishni boshlagan va va bu odatini uzoq yillar davom ettirdi. 1985-yil 5-yanvarda uning chap oʻpkasining bir qismi olib tashlandi. Garchi qattiq ichishni davom ettirsa ham, 1991-yilda chekishni tashladi[2].

1993-yil yanvar oyida u pnevmoniya bilan kasalxonaga yotqizildi. 1998-yil 23-fevralda u Myustikdagi dam olish uyida insultga uchradi[3]. Keyingi yilning boshida malika vannaxonadagi baxtsiz hodisada oyoqlarini qattiq kuydirib oldi, bu uning harakatchanligiga taʼsir qildi, chunki u yurish uchun yordamga muhtoj edi. U baʼzan nogironlar aravachasidan foydalangan[3]. 2001-yil 10-yanvar uning ikkinchi insultidan keyin ishtaha yoʻqolishi va yutish qiyinligi sababli kasalxonaga yotqizilgan[4].

Margaret oxirgi marta 2001-yil avgust oyida onasining 101 yoshini nishonlash marosimida va oʻsha yilning dekabr oyida xolasining 100 yilligini nishonlash marosimida, malika Elis, Gloster gertsoginyasining tavallud topgan kunida omma oldida soʻzga chiqqan edi[5].

Malika Margaret 2002-yil 9-fevralda Londondagi Qirol Eduard VII kasalxonasida bir kun avvalgi toʻrtinchi insultni koʻtara olmaganidan soʻng 71 yoshida vafot etdi. Dafn marosimi 2002-yil 15-fevralda, otasining dafn marosimining 50 yilligi munosabati bilan boʻlib oʻtdi. Uning xohishiga koʻra, oila va doʻstlari uchun marosim Vindzor qal’asidagi Avliyo George ibodatxonasida boʻlib oʻtdi[6]. Qirollik oilasining boshqa aʼzolaridan farqli oʻlaroq, malika Margaret Slau krematoriyasida yondirilgan[7]. Uning kullari Avliyo George ibodatxonasining Qirol George VI yodgorlik ibodatxonasiga, ota-onasi qirol George VI va qirolicha Elizabeth (u Margaretdan yetti hafta oʻtgach vafot etgan) qabrlariga joylashtirilgan ,[7].

Uch oydan keyin tugʻilgan David Armstrong-Jhonsning qiziga uning nomi berildi[8].

  • CI : Hindiston toji ordeni hamrohi, 1947-yil 12 -iyun[9]
  • GCVO : Qirollik Viktoriya ordeni 1953-yil
  • GCStJ : Sankt-Peterburg ordeni 1956-yil
  • Qirollik Viktoriya zanjiri, 1990-yil
  • Qirol George V Qirollik uyining ordeni
  • Qirolicha Elizabeth II Qirollik xonadonining ordeni

Xorijiy mukofotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1-darajali Zanzibar olmos yulduzi ordeni 1956- yil
  • Toro qirolligining toj, sher va nayza ordeni (Uganda, 1965)
  • 1-darajali Qimmatbaho toj ordeni (Yaponiya, 1971)
  1. „1960: Margaret weds Armstrong-Jones“ (1960-yil 6-may). Qaraldi: 2021-yil 9-yanvar.
  2. „Princess's history of ill health“ (2002-yil 9-fevral). Qaraldi: 2021-yil 9-yanvar.
  3. 3,0 3,1 Staff and agencies. „A lifetime dogged by ill-health“ (en). the Guardian (2002-yil 9-fevral). Qaraldi: 2021-yil 9-yanvar.
  4. „Princess Margaret: The medical care“ (2001-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 9-yanvar.
  5. „Charles visits Princess Margaret“ (2001-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 9-yanvar.
  6. „Princess to be cremated“ (2002-yil 12-fevral). Qaraldi: 2021-yil 9-yanvar.
  7. 7,0 7,1 „Bell tolls for Margaret's final journey“ (en-GB). The Telegraph. Qaraldi: 2021-yil 9-yanvar.
  8. Who is Lady Margarita Armstrong-Jones?, 2018-12-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-12-09
  9. Supplement to the London Gazette, 6 June 1947