Malus qonuni
Qiyofa
(Malyus qonunidan yoʻnaltirildi)
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Malus qonuni — yorugʻlik qutblovchi asbob (polyarizator) dan oʻtganda chiziqli yorugʻlik intensivligining oʻzgarishi qonuni. Tushayotgan yorugʻlikning qutb tekisligi va qutblovchi asbobning qutblash tekisligi orasidagi burchak ga nisbatan yorugʻlik intensivligi har xil oʻzgaradi. Malus qonuni 1810-yilda fransuz fizigi Étienne-Louis Malus (1775—1812) kashf qilgan. Qutb tekisliklari (yorugʻlik va asbob) orasidagi burchak , analizatorga tushayotgan chiziqli yorugʻlik intensivligi boʻlsa, analizatordan chiqayotgan yorugʻlik intensivligi Malus qonuniga asosan boʻladi. Yorugʻlik intensivligini oʻlchaydigan asbob va qurilmalar Malus qonuni asosida ishlanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |