Ein Psychologe erlebt das Konzentrationslager
Qiyofa
(Man's Search for Meaningdan yoʻnaltirildi)
Muallif(lar) | Viktor Frankl |
---|---|
Til | nemischa |
Janr(lar)i | avtobiografiya, psixoterapiya |
Nashr etilgan sanasi | 1946 |
Ein Psychologe erlebt das Konzentrationslager (tarjimasi „Konslagerni boshidan kechirgan psixolog“), inglizcha Man's Search for Meaning (tarjimasi „Insonning maʼno izlashi“) — avstriyalik psixiatr Viktor Frankl fashistlar Germaniyasi konsentratsiya lagerlarida boshidan kechirganlari haqida yozgan kitob. Asarda Frankl ishlab chiqqan psixoterapiya uslubi haqida ham hikoya qilinadi. Kitob 1946-yil nemis tilida bosilib chiqqan. Bugunga qadar yigirmadan oshiq tilga, jumladan, ingliz va rus tillariga tarjima qilingan. Book-of-the-Month Club kitob klubi hamda Kongress kutubxonasi oʻtkazgan soʻrovnomaga koʻra, „Man's Search for Meaning“ „AQShdagi eng katta taʼsirga ega 10 kitobning“ biridir[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Fein, Esther. „Book Notes“. New York Times. Qaraldi: 22-may 2012-yil.