Kontent qismiga oʻtish

Malinke

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Maninkadan yoʻnaltirildi)

Malinke, maninka — Gʻarbiy Afrikada tarqalgan mande tillaridan biri, bamana va diula tillari bilan birgalikda mandingo til birligini tashkil etadi. Senegal, Gvineyada, qisman Mali, Liberiya, Syerra-Leoneda tarqalgan; unda 4 mln. ga yaqin kishi soʻzlashadi. Anchagina lahjalari bor: konya, koranko, manya, mau sinya va boshqa M.da unlilar tizimi rivojlangan: ochiq, choʻziq va burun fonemalar; bu uch belgi-xususiyat bir fonemaning oʻzidan namoyon boʻla oladi. Morfologiyasi yaxshi rivojlanmagan analitik til boʻlgani sababli, M.da sintaktik vositalar, xususan, gapda qatiy belgilangan soʻz tartibi, koʻmakchi-larning alohida oʻrni katta ahamiyatga ega.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil