Kontent qismiga oʻtish

Mangʻlay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Manqlaydan yoʻnaltirildi)

Mangʻlay, manqlay (moʻgʻulcha — peshona) — temuriylar davri tarixiga oid forsiy adabiyotda hamda chigʻatoy adabiy tili manbalarida qoʻshinning ilgʻor qismi, yaʼni avangard. Harbiy safar yoki jang maydonida tuzilgan jangovar tartib — yasolga binoan, M.dan bir necha chaqirim oldinda aygʻoqchilik bilan mashgʻul boʻlgan qorovul harakat qilgan. M.ning oʻng va chap tarafidan oʻng qoʻl — barangʻar hamda soʻl qoʻl — juvangʻarnknt ilgʻorlari joy olgan. M. ortidan barangʻar va juvangʻarning qolgan 2 boʻlagi, yaʼni chapo-vul va shaqavul peshma-pesh kelgan. Bularning oʻrtasida jangning aksar hollarda takdirini hal qiluvchi asosiy kuchlar — qoʻl (gʻoʻl) saf tortib turgan.

M. boshqa qismlarga nisbatan oldinda yurgan va dushman saflarini yorib oʻtish vazifasini oʻtagan. Shu bois M.ga isteʼdodli sarkardalar yoki harbiy salohiyatga ega shahzodalar qoʻmondonlik qilgan. M., asosan, koʻpdan-koʻp jangu jadallarda suyagi qotgan, tajribali jangchilardan tuzilgan.

Ad:. Ivanin M. I., O voyennom iskusstve i zavoyevaniyax mongolotatar i Sredneaziatskix narodov pri Chingiz-xane i Tamerlane, SPb., 1875; Nizomiddin Shomi y , Zafarnoma, T., 1996; Dadaboyev H., Amir Temurning harbiy mahorati, T., 1996.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil