Kontent qismiga oʻtish

Manzanillo (Kuba)

Koordinatalari: 20°20′23″N 77°6′31″W / 20.33972°N 77.10861°W / 20.33972; -77.10861
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Manzanillo, Kubadan yoʻnaltirildi)
Manzanillo
20°20′23″N 77°6′31″W / 20.33972°N 77.10861°W / 20.33972; -77.10861
Mamlakat Kuba
Vaqt mintaqasi UTC-5
Manzanillo xaritada

Manzanillo Kubaning Granma mintaqasida joylashgan munisipalitet va shahardir . Aholi soni bo'yicha u Kubaning 14-yirik shahri va eng ko'p aholi istiqomat qiladigan shahar hisoblanadi.

Manzanillo munisipaliteti Guakanayabo ko'rfazi va Kauto daryosi deltasining yaqinida joylashgan.Bu hudud Kubaning sharqiy qismidagi Granma viloyatining port shahri hisoblanadi. Dengiz tomonidan Cayo Perla mercan riflari bilan cheklangan. 

Munitsipalitet Primero, Segundo, Tersero, Kuarto, Quinto y Sexto (Manzanillo shahrining bir qismi) dan tashkil topgan bo'lib, shuningdek, Blanquizal, Kalisito, Kanabakoa, Kano, Seiba Karidad, Kongo, Jibakoa qishloq jamoalariga ham bo'lingan. [1]

Manzanillo 1784-yilda tashkil etilgan.[2][3] Aholi punkti 1792-yilda fransuzlar tomonidan buzib tashlangan va bir yildan so'ng uni himoya qilish maqsadida qal'a barpo etilgan.[3]1833-yilda u ayuntamiento (kengash) oldi va 1837-yilda Ispaniya Konstitutsiyasini e'lon qilishda Santyago yo'l-yo'rig'iga ergashmagani uchun "sodiqligi" uchun Fiel unvonini oldi.[3] 1827-yilda port milliy va xorijiy savdo uchun ochilgan.[3] Bu Ispaniya-Amerika urushi paytida uchta jangning markazi hisoblangan.

Manzanilloning iqtisodi qishloq xoʻjaligiga asoslanadi.U yerda asosan,qahva,shakarqamish,[3]guruch,meva va tamaki[3]ekinlari, shuningdek, asal va chorva mahsulotlari yetishtiriladi.

Mahalliy sanoatda esa arra tegirmonlari, baliq konservalari, shinni zavodlari, shuningdek, ba'zi sigaret va charm buyumlar ishlab chiqaruvchi zavodlari asosiy rol o'ynaydi.[2]

Munitsipalitet rux va mis konlari bilan mashhur.

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yilgi ma'lumotlarga ko'ra Manzanillo munitsipalitetida 130 789 kishi istiqomat qilgan.[4] Uning umumiy maydoni 498 km2 (192 kv mi)ni ,[5]aholi zichligi esa 262.6/km2 (680/sq mi)ni tashkil etadi.

Manzanillo,shuningdek,Granma universitetining tibbiyot fanlari fakultetining markazidirdir.

Transport sohasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharni Circuito Sur de Oriente (CSO) davlat miqyosidagi avtomagistral va Las Tunasga boradigan 17-magistral kesib o'tadi.Temir yo'l stantsiyasi esa Bayamodan keladigan yo'nalishning g'arbiy qismida bo'lib, unda mintaqaviy va shaharlararo reyslarlar xizmat ko'rsatadi, ikkinchisi shaharni Santyago-de-Kuba, Guantanamo, Kamaguey, Ciego-de-Avila, Santa Klara va Gavana kabi shaharlar bilan bog'laydi.

Mashhur shaxslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Bartolome Maso (1830-1907), harbiy va vatanparvar
  • Xoakin Ferrer,rassom;
  • Rosa Porto (1930-2019),novvoy,Los-Anjelesdagi ishbilarmon ayol;
  • Karlos Puebla (1917-1989),qo'shiqchi,gitarachi va bastakor.
  • Sierra Maestra aeroporti
  • Kuba munitsipalitetlari
  • Kuba shaharlari ro'yxati
  1. Guije.com. „Manzanillo“ (es). Qaraldi: 2007-yil 6-oktyabr.
  2. 2,0 2,1 Encarta. „Manzanillo Info.“. GreatestCities.com (2001). Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "GreatestCitiesEncarta" defined multiple times with different content
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5  Chisholm, Hugh, ed. (1911) "Manzanillo (Cuba)" Encyclopædia Britannica 17 (11chi nashri) Cambridge University Press p. 626  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "EB1911" defined multiple times with different content
  4. Atenas.cu. „2004 Population trends, by Province and Municipality“ (es) (2004). 2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 6-oktyabr.
  5. Statoids. „Municipios of Cuba“ (2003-yil iyul). Qaraldi: 2007-yil 6-oktyabr.