Kontent qismiga oʻtish

Shayxzoda

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Maqsud Shayxzodadan yoʻnaltirildi)
Maqsud Maqsumbek oʻgʻli Shayxzoda
Asl ismi ozarbayjoncha: Maqsud Şeyxzadə
Tavalludi 7-noyabr 1908-yil
Vafoti 7-fevral 1967-yil(1967-02-07)
(58 yoshda)
Toshkent, Oʻzbek SSR, SSRI
Ijod qilgan tillari oʻzbekcha, ozarbayjoncha, ruscha
Fuqaroligi Rossiya imperiyasi
SSRI
Yoʻnalish realizm
Faoliyat turi nosir, shoir, dramaturg
Janr nazm, nasr, drama
Debyut "Oʻnta sheʼr" (1930)

Maqsud Maqsumbek oʻgʻli Shayxzoda (Maqsud Shayxzoda) (1908.25.10 (7.11), Ozarbayjon Respublikasi, Ganja viloyati, Oqtosh Shayxzoda — 1967.19.2, Toshkent) — shoir, dramaturg, adabiyotshunos, tarjimon, pedagog. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964). Bokudagi doril-mualliminni tugatgan (1925). Dastlab Darbanddagi l-bosqich ozarbayjon maktabida, Boʻynoqdagi taʼlim va tarbiya texnikumida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1927-yilda aksilinqilobiy tashkilot aʼzosi sifatida hibsga olinib, 1928-yil fevralda Toshkentga surgun qilingan. Shayxzoda Oʻrta Osiyo universitetining Sharq ftida qisqa muddat oʻqigani (1928)dan keyin „Sharq haqiqati“ (1929—32), ʻʻQizil Oʻzbekistonʼ’, ʻʻYosh leninchi’’ gaz.lari (1932), „Guliston“ jurnali (1933—34) tahririyatlarida xizmat qilgan. 1933-yil Bokudagi pedagogika institutining barcha kurslari uchun imtihon topshirib, Fan qoʻmitasi qoshidagi aspiranturaga oʻqishga kirgan (1934). Ayni paytda Til va adabiyot institutida ilmiy xodim boʻlib ishlagan (1935—38). 1938-yildan umrining oxiriga qadar dastlab kechki, soʻngra kunduzgi pedagogika Intlarida oʻzbek adabiyoti tarixidan maʼruza oʻqigan.

Dastlabki sheʼriy toʻplami — „Loyiq soqchi“ (1933). Shundan keyin shahrining „Oʻn sheʼr“ (1932), „Undoshlarim“ (1933), „Uchinchi kitob“ (1934), „Jumhuriyat“ (1935), „Oʻn ikki“, „Yangi devon“ (1937), „Saylov qoʻshiqlari“ (1938), „Kurash nechun?“ (1942), „Jang va qoʻshiq“, „Koʻngil deydiki…“ (1943), „Oʻn besh yilning daftari“ (1947), „Yurt sheʼrlari“ (1948), „Zamon torlari“, „Olqishlarim“ (1949), „Yillar va yoʻllar“ (1961), „Sheʼrlar“ (1964) va boshqa sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. shahrining dastlabki ijodida va qisman 50y.lardagi ayrim sheʼrlarida ozarbayjon sheʼriyatiga xos ohanglar, minbar sheʼriyat belgilari ustuvorlik qilgan. Ammo Shayxzoda oʻzbek mumtoz va zamonaviy sheʼriyatining tili va uslubini egallagani sayin uning sheʼrlarida oʻzbekona musiqiy ravonlik kuchaya bordi. Shayxzoda voqelikka faol munosabatda boʻlishga intilib, xalq va mamlakat hayotida roʻy bergan muhim voqealarni tasvirlashga, mehnat va kurash qahramonlari obrazini yaratishga alohida eʼtibor berdi. U shu maqsadda doston janriga qoʻl urib, „Oʻrtoq mulk“ (1933), „Chirogʻ“, „Oʻrtoq“, „Meros“, „Tuproq va haq“ (1936), „Ovchi qissasi“, „Iskandar Zulqarnayn“ (1940), „Oʻn birlar“, „Jenya“, „Oqsoqol“ (1943), „Axmadjonning hikmatlari“, „Uchinchi oʻgʻil“ (1944), „Nurmat otaning tushi“ (1947) singari liroepik asarlar yozdi. Shoirning 30—40y.lardagi sheʼriyatiga ham, keyingi ijodiga ham xos muhim fazilatlardan biri syujetlilikdir. Shayxzoda lirik syujet yaratishga moyil shoir sifatida xalq afsonalari va tarixiy oʻtmish sahifalariga, shuningdek, zamondoshlari hayotiga murojaat etib, oʻz sheʼrlariga balladaga xos poetik belgilar va turli poetik tafsillarni olib kirgan, soʻzning sheʼriy qurilmadagi mavqeini oshirish choralarini koʻrgan. Shu bilan birga Shayxzoda krfiyaning yangi badiiy imkoniyatlarini kashf etib, oʻzbek sheʼriyatiga yangi vazn va shakl koʻrinishlarini olib kirgan. Shoir ijodiga xos bu tamoyil uning, ayniqsa, „Toshkentnoma“ (1958) lirik dostonida yorqin ifodasini topgan.

Shayxzoda Ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan „Jaloliddin Manguberdi“ (1944) tragediyasida oʻz yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun mugul istilochilariga karshi kurashgan soʻnggi Xorazm shohining jangovar jasoratini tarixan aniq va haqqoniy tasvirlagan. „Mirzo Ulugʻbek“ (1961) tragediyasida Shayxzoda bosh qahramon obrazini Amir Temur va temuriylar davrida oʻzbek xalqi hayotida roʻy bergan Uygʻonishning yorqin timsoli sifatida aks ettirgan. Shekspirona uslubda yozilgan bu asarda Shayxzoda Ulugʻbek hayotining sunggi 2 yilini tasvirlash orqali uning jahon fani tarixidan munosib oʻrin egallagan mashhur olim, adolatparvar va haqiqatparvar davlat arbobi va ayni paytda saltanatning mutaassib kuchlari oldida ojiz bir inson boʻlganini ham haqqoniy koʻrsatgan. Shekspirona koʻlam va harorat bilan yozilgan „Mirzo Ulugʻbek“ tragediyasining maydonga kelishi oʻzbek dramaturgiyasi va teatri tarixida katta voqea boʻldi. Shayxzoda ssenariysi asosida rejissor L. Fayziyev tomonidan yaratilgan „Ulugʻbek yulduzi“ (1964) filmi esa keng xalq ommasiga ulugʻ oʻzbek olimi va uning fojiali takdiri bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.

Shayxzoda sheʼriy ijodida, asosan, zamonaviy mavzularda kalam tebratdi, dramaturgiyasida esa, tarixiy utmishga teran nazar tashlab, undagi zamonaviy muammolarni yoritishga yordam beruvchi siymolar va voqealarga yangi badiiy hayot bagʻishladi. U umrining sunggi yillarida Beruniy toʻgʻrisida sunggi sahna asarini yozdi.

Shayxzoda, badiiy ijodning barcha tur va janrlarida asarlar yozibgina krlmay, adabiyotshunos va tanqidchi sifatida ham samarali ijod qilgan. 1941-yildayoq „Genial shoir“ monografiyasini eʼlon qilgan Shayxzoda umrining sunggi kunlariga qadar Navoiy hayoti va ijodi bilan muttasil shugʻullanib keldi. U Navoiyning 500 yilligi munosabati bilan yozgan „Navoiyning lirik qahramoni haqida“ (1948) maqolasidan keyin „Navoiy lirikasining baʼzi bir poetik usullari haqida“ (1959), „Ustodning sanʼatxonasida“ (3 qismli maqola, 1965—66), „Gʻazal mulkining sultoni“ (1966), „Tazkirachilik tarixidan“ (1968) singari yirik ilmiy tadqiqotlar yaratib, navoiyshunoslik fanini yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqdi. Shayxzoda adabiyotshunos va tanqidchi sifatida ham samarali qalam tebratib, oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining Fozil shoir singari namoyandalari, „Alpomish“, „Shirin bilan Shakar“ kabi asarlari, oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining Bobur, Muqimiy, Furqat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, jahon adabiyotining Nizomiy Ganjaviy, Shayxzoda Rustaveli, A.S. Pushkin, N.A. Nekrasov, A.N. Ostrovskiy, T.G. Shevchenko, A.P. Chexov singari namoyandalariga bagʻishlangan asarlar yezdi. Pedagog olim va shoir sifatida esa talaygina shoir, adabiyotshunos va tankidchilar avlodining yetishib chiqishiga munosib hissa qoʻshdi.

Shayxzoda adabiy bilim doirasining kengayishi, ijodining mumtoz jahon yozuvchilari badiiy tajribasi bilan boyishida tarjima muxim rol oʻynadi. U Shayxzoda Rustavelining „Yoʻlbars terisini yopingan paxlavon“ (hamkorlikda) eposi, U. Shekspirning sonetlari, A.S. Pushkinning sheʼrlari, „Mis chavandoz“ dostoni, „Motsart va Salyeri“ tragediyasi, M.Yu. Lermontovning sheʼrlari va „Kavkaz asiri“ dostonini, shuningdek, Nizomiy, Fuzuliy, Mirza Fatali Oxundov, Ezop, Esxil, Gyote, Bayron, Mayakovskiy, Nozim Hikmat va boshqa yozuvchilarning ayrim asarlarini oʻzbek tiliga katta mahorat bilan tarjima qildi.

Shayxzoda 1952-yilda ENKVD xodimlari tomonidan hibsga olinib, 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan va 1954-yilda ozod etil gan.

  • Asarlar [8 j.li], 1 6j., T., 1969— 74; Xiyobon, T., 1968.
  • Zokirov M., Maqsud Shayxzoda. Adabiytanqidiy ocherk, T., 1969;
  • Yusuf Shomansur, Shayxzoda — bunyodkor shoir, T., 1972;
  • Gʻafurov I., Oʻrtoq shoir. Maksud Shayxzoda ijodiyoti, T., 1975;
  • Maksud Shayxzoda zamondoshlari xotirasida, T., 1983;
  • XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi, T., 1999.
  • Shayxzoda Maksud. Atokli xalg shairi. „Lenin uchkuni“, 1956, 18 may (oʻzbekcha)
  • Shayxzoda Maksud. Shoir kalbi duneni tinglar (Tanlangan asarlar) // Toshkent, „Nihol“, 2008. 28 b. (oʻzbekcha)