Kontent qismiga oʻtish

Lesnaya krasavitsa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mariya Luizadan yoʻnaltirildi)

Lesnaya krasavitsa, Mariya Luiza, Flamand goʻzali - erta-pishar yozgi nok navi. Vatani—Belgiya. Jahon bogʻdorchiligida eng koʻp tarqalgan navlardan biri. Daraxti kuchli usadi. Yovvoyi nok, behiga payvand qilinganda yaxshi rivojlanadi. Shox-shabbasi keng piramida shaklida. Barglari oʻrtacha, choʻziq, ellipssimon. Oʻzidan changlanadi. Mevasi oʻrtacha kattalikda (120—130 g.; yosh daraxtlari yaxshi parvarish qilinganda 600—700 g ga boradi), tuxumsimon, sariq tillarang, qizil taram-taramlari bor, eti tigʻiz, kuvrak, shirin. Mevasi iyul oxiri — avgust boshlarida pishadi. Mevasi tarkibida 17,5% quruq modda, 11,5% qand, 0,21% kislota mavjud. Koʻchati ekilgach, 4-yili hosilga kiradi. Hosildorligi yuqori, baʼzan solkash, 26—30 yoshli daraxti 250—300 kg gacha hosil beradi. 45 yoshigacha xrsil qiladi. Sovuqqa chidamli. Terilgan mevasi 15—18 kun saqlanadi. Yangiligida isteʼmol qilinadi, qoqi solinadi. Oʻzbekistonning barcha viloyatlari uchun rayonlashtirilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil