Mart qoʻngʻizi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mart qoʻngʻizi, mart buzoq-boshi qoʻngʻizi (Melolontha aftlict Ball.) — zararkunanda qoʻngʻiz. Mevali, oʻrmon, manzarali daraxtlarni, sabzavot va boshqa ekinlarni zararlaydi. Mart qoʻngʻizi [[uz. 2,5 sm. Jigarrang, tanasining usti mayda oq rangli tangachalar bilan qoplangan. Erkak qoʻngʻizlar urgʻochilaridan moʻylovlari bilan ajralib turadi. Tuxumi oq, oval, kattaligi 4 mm. Lichinkasi oq yoki ochsargʻish. Gʻumbagi oqsargʻish, yozning ikkinchi yarmida gʻumbaklari qoʻngʻizga aylanadi, qoʻngʻizlari qishlab chiqadi. Mart oyidan boshlab, aprel oxirigacha uchib chiqadi. Qishlab chiqqan qoʻngʻizlari 2—3 haftadan keyin daraxtlar tagiga — soya joylardagi tuproqning ustki qatlamiga 1 ta yoki 2—3 tadan 30 tagacha tuxum qoʻyadi. Tuxumdan lichinkalar bir yarim oydan soʻng chiqadi va oʻsimliklarning ildizi bilan ovqatlanib, shu joyida qishlab qoladi. Qishlab chiqqan 1-yoshdagi lichinkalari poʻst tashlab, 2-yoshga oʻtadi va mavsum davomida koʻp zarar keltiradi. Mart qoʻngʻizi 4 yilda 1-marta avlod qoldiradi.
Kurash choralari : Mart qoʻngʻizining daraxt yoki ekinlarni zararlashi aniqlanganda qator oralariga ishlov beriladi, koʻchatlar atrofiga detsis (2,5%) preparati (0,7 kg/ga) sepiladi. Haydash vaqtida tuproq betiga chiqib qolgan b[[uzoqboshilar qoʻlda terib olib, yoʻqotiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |