Madraim Matjonov
(Matjonov Madraimdan yoʻnaltirildi)
Matjonov Madraim (1909, Qoʻngʻirot tumani — 1982.6.2, Nukus) — qoraqalpoq aktyori. Oʻzbekiston xalq artisti (1969). Moskva teatr sanʼati institutining qoraqalpoq studiyasini tugatgan (1939). 1930-36 va 1939-yildan Qoraqal-poq teatrida aktyor. Uynagan rollari jushqinligi, yuksak ijro texnikasi, nutqining mukammalligi bilan ajralib turadi. Sahnada Silvestr, Organ ("Skapen nayranglari", "Tartyuf"), Nodir ("Nomus"), Orolboy ("Suymaganga suykanma"), Gʻofir ("Boy ila xizmatchi"), Osip ("Revizor"), Abdulla yuzboshi ("Oshiq Gʻarib"), Ernazar Kenagas ("Berdaq") kabi obrazlar yaratgan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |