Kontent qismiga oʻtish

Yillik marom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mavsumiy maromdan yoʻnaltirildi)

Yillik marom, mavsumiy marom — biologik jarayonlar va hodisalar intensivligi hamda harakterining yillik davriy takrorlanib turishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻzgarishlar; qutblardan tortib to tropik zonalargacha boʻlgan hududlardagi barcha organizmlarda kuzatiladi. Tashqi muhit sharoitining kun uzunligi bilan birga oʻzgarishi Y.m. uchun asosiy signal boʻladi (qarang Fotoperiodizm). Biologik jarayonlarning yillik takrorlanib turishi tur uchun muhim boʻlgan reaksiyalar yigʻindisini oʻz ichiga oladi. Y.m. organizmlarning migratsiyasi, qishki yoki yozgi uyquga ketishi, boshpana, in, uya qurishi kabi xilma-xil faoliyatida namoyon boʻladi. Biokimyoviy va fiziologik funksiyalarning mavsumiy oʻzgarishi oʻsish, rivojlanish, koʻpayish, termoregulyasiya, faol harakatlanish va b. hodisalar bilan bogʻliq. Koʻpchilik oʻsimlik va hayvonlarda Y. m. doimiy muhit sharoitida oʻzgarmas boʻlsada, koʻpincha turga xos hodisa va jarayonlarning qatʼiy takrorlanib turishi bu maromdan chetga chiqishi mumkin.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil