Kontent qismiga oʻtish

Nestor Maxno

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Maxno Nestor Ivanovichdan yoʻnaltirildi)

Maxno Nestor Ivanovich (1889.20.10, Gulyaypole shaharchasi, Zaporojye viloyati, Ukraina — 1934.6.7, Parij) — sovet rejimiga karshi Ukrainadagi milliy harakat — maxnochilik (1918— 21)ning harbiy va gʻoyaviy rahbari. 1905—07 yillarda Rossiyada boʻlgan inq-ilob davrida anarhistlar guruhiga kirgan. 1909-yil politsiya boshligʻini oʻldirgani uchun surgun qilingan. 1917-yil Fevral inqilobidan keyin qamoqdan ozod boʻlgach, Gulyaypoleda qurolli anarhistlar otryadini tuzgan. Oktyabr toʻntarishidan keyin dastlab AvstriyaGermaniya, S. V. Petlyura (1879—1926) va A. I. Denikin otryadlariga qarshi kurashgan. 1919-yil bahorda maxnochilik harakati Dnestrdan Don daryosigacha boʻlgan katta hududga tarqalib, qizil armiya va sovet rejimiga qarshi ommaviy qurolli kurashga aylangan. 35000 kishilik qoʻshin (asosan, otliklar) tuzilgan. 1920-yil bahor va yoz oylarida qizil askarlarga qarshi shiddatli janglar boʻlgan. 1920-yil noyabrda M. qoʻshiniga qarshi kurashga M.V. Frunze boshchiligidagi kizil armiya qismlari safarbar qilingan. 1920-yil dekabrda maxnochilarning Qrim guruhi tugatilgan. Turkistondagi ayrim qizil armiya qismlari ularga qarshi jangga tashlangan. Magʻlubiyatga uchragan M. kichik guruh bilan Ruminiyaga oʻtgan. Ke-yinchalik u Fransiyada yashab, SSSRga qarshi mafkuraviy kurashni davom ettirgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil