Nikolay Mayev
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nikolay Aleksandrovich Mayev (1835.21.2, Peterburg - 1896.2.1) - etnograf, geograf. Oʻzbekistonda ilmiy oʻlkashunoslik ishlarining tashkilotchisi. 1870—92 yillarda "Turkestanskiye vedomosti" gaz.siga muharrirlik qilgan. 1870-yildan Turkiston statistika komitetining kotibi. Oʻrta Osiyo ilmiy jamiyati tashkil etilgan (1871-yil 28-yanvar)dan boshlab uning faol ishtirokchisi va "Turkiston oʻlkasining statistikasi uchun materiallar" toʻplamining (1—5) muharriri. Turli koʻrgazmalar tashkilotchisi. Oʻlkashunoslik muzeyi (1876) tashkilotchilaridan. M. tarix, arxeologiya, etnografiya, numizmatika sohasida koʻp tadqiqotlar olib borgan, ekspeditsiyalar (Shahrisabz 1874; Hisor 1875, 1878)ga boshchilik qilgan. Asarlarida Toshkentning eski shahar qismi tarixi, etnografiyasi, aholisi va uning mashgʻulotlari, Buxoro xonligi shahar va qishloqlari, karvon yoʻllari, moddiy madaniyat yodgorliklari, aholining turmushi, urf-odatlari va anʼanalari, mahalliy boshqaruv tizimi, hunarmandlik, savdo, geografik, tabiiytarixiy, arxeologiya va etnografiyaga oid maʼlumotlar keltiriladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]As.: Ocherki Buharskogo xanstva, T., 1875; Aziatskiy Tashkent [Materiali dlya statistiki Turkestanskogo kraya], SPb., 1876.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |