Kontent qismiga oʻtish

Michael Faraday

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Maykl Faradeydan yoʻnaltirildi)
Michael Faraday
Tavalludi 22-sentyabr 1791[1][2]
Vafoti 25-avgust 1867[1][2]
Fuqaroligi United Kingdom of Great Britain and Ireland va Kingdom of Great Britain
Otasi James Faraday
Onasi Margaret Hastwell

Maykl Faradey (inglizcha: Michael Faraday, 1791.22.9 London — 1867.25.8) — ingliz fizigi. kimyogari, elektromagnit maydoni taʼlimoti asoschisi, London Qirollik jamiyati aʼzosi (1824). Peterburg Fanlar akademiyasi aʼzosi (1830). London Qirollik jamiyati institutida assistent (1913), laboratoriya direktori (1825), kimyo kafedrasining professor (1833—62). Ilmiy ishlari elektr, magnitizm, magnitooptika va elektrokimyoga oid. Elektromagnit induksiya hodisasi (1831), elektroliz qonunlari (1833), diamagnetizm va paramagnetizm hodisasi (1845), yorugʻlik qutblanish tekisligining magnit maydonda burilishi (1845) va boshqalarni kashf etgan. Elektr zaryadining saqlanish qonunini eksperimental tasdiklagan (1843). Faradey gʻoyalari va uning ilmiy yutuklari fizika fanining rivojlanishida muhim oʻrin tutgan.[3]