Kontent qismiga oʻtish

Abul Muin an-Nasafiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Maymun an-Nasafiydan yoʻnaltirildi)
Abul Muin an-Nasafiy

an-Nasafiy, Ibsoniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1027-yil
Vafoti milodiy 1114-yil
Samarqand, Buxoro
Dini Islom
Tavallud shahri Nasaf
Ota-onasi
  • Muhammad ibn Moʻtamid (otasi)
Boshqa nomlari Abul Muin ibn Muhammad

Abul Muin an-Nasafiy (1027-yil — 1114-yil) — kalom ilmi allomasi, mutafakkir olim.

Abul Muin an-Nasafiy milodiy 1027-yilda Qarshi (Nasaf) shahrida tugʻilgan. Ayrim oʻrinlarda alloma ismiga Ibsoniy qoʻshimchasi ham qoʻshilganligi sababli, uning Ibson qishlogʻida tugʻilganligi haqida taxminlar mavjud.

Abul Muin an-Nasafiyning katta bobosi Makhul Nasafiy Imom Moturidiyning shogirtlaridan boʻlgan. Bobosi Moʻtamid ibn Makhul Nasafiy ham oʻz davrida mashhur hanafiy olimlaridan biri boʻlgan. Lekin kichik Nasafiyning bilimga boʻlga qiziqishi otasi Muhammad ibn Moʻtamid sababli yuzaga kelgan. Mazkur shaxs shaharning peshvo ulamolaridan biri boʻlgan. Abul Muin an-Nasafiy boshlangʻich taʼlimni avval bobosidan, soʻngra otasidan oladi. Keyinchalik esa Abul Yusr Pazdaviyga shogirt boʻlib unda saboq oladi.

Imom Nasafiy Abbosiylar xalifaligi davrida Samarqand va Buxoro shaharlarda isteqomat qilgan va shu yerda qolib ijod qilgan. U bu shaharlarda tarqalgan notoʻgʻri mazhablarga raddiya bergan hamda shu asnoda koʻplab kitoblarni taʼsnif qilgan. Olimning bugungi kungacha yetib kelgan asari „Tabsirtul adilla fi usuliddin“ kitobi boʻlib, mazkur asar moturidiylik taʼlimotida „Tavhid“ asaridan keyingi ikkinchi oʻrinni egallaydi. Bu kitob moturidiya taʼlimotining dunyo boʻylab tarqalishiga ulkan hissa qoʻshgan[1].

Shu bilan birgalikda olimning yana koʻplab qoʻlyozma asarlari mavjud boʻlib, ularning hozirgi davrdagi ilmiy amaliy ahamiyati beqiyosdir. Shunday kitoblar orasiga: „At-Tamhid li qovaidit tavhid fi ilmil kalom“, „Moʻtaqidot“, „al-Umda fi usuli fiqh“, „al-Olim val mutaalim“ singari asarlari kiradi[2].

Abul Muin an-Nasafiyning Samarqand va Buxoroda koʻplab shogirdlari boʻlib, ular ham hanafiy olimlari orasida mashhurlikka erishgan. Shulardan biri Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Ahmad Abu Bakr Alouddin Samarqandiy boʻlib, uning „Tuhfatul fuqiho“ nomli kitobi juda katta mashhurlikka erishgan.

Abul Muin Nasafiy umri davomida mol-dunyoga qiziqmadi. Oʻz davrida yuzaga kelgan muholif firqalarga qarshi turdi va ularning botil ekanligini manbalar bilan isbot etdi. Alloma milodiy 1114-yilda Samarqand shahrida vafot etdi[3]. Uning qabri Qarshi tumanidagi Mu’in an-Nasafiy yodgorlik majmuasi tarkibidagi sagʻanaga dafn etilgan.

Xotirasiga hurmat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 25-dekabr sanasida Qashqadaryo viloyati hokimlik binosida Abul Muin Nasafiyning maʼrifiy faoliyatiga bagʻishlangan „Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashgan buyuk alloma“ mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Ushbu ilmiy-amaliy konferensiyada Rossiya, Turkiya, Misr, Bangladesh, Tojikiston va Qirg‘iziston singari mamlakatlarning kuchli bilim va salohiyatga ega olimlari hamda yurtimizdagi yetakchi soha mutaxassislari ishtirok etdi. Konferensiya ishtirokchilari Abul Muin Nasafiyning diniy, ilmiy va maʼrifiy faoliyatiga aloqador boʻlgan maʼruzalarini keng ommaga havola etishdi[4].

  1. Uvatov, Ubaydulla; Oqilov, Saidmuxtor; Daminov, Ergash. Moturidiya ta’limoti va Abu Muin Nasafiy ilmiy merosi.. Toshkent: Movarounnahr nashriyoti, 2018-yil. 
  2. Akrom Suyarov. „Abu Mu'in Nasafiy hayoti va ijodi“ (o'zbek). MIR ARAB OLIY MADRASASIning RASMIY VEB SAYTI (2023-yil 25-iyul). Qaraldi: 08-2023.
  3. „Mutafakkirlar. Abu Muʼin Nasafiy (1027-1114)“. shosh.uz. Qaraldi: 08-2023.
  4. Qodirov, Bo'ri. „Abul Muin Nasafiy“. Qaraldi: 08-2023.