Vladimir Mejov
Qiyofa
(Mejov Vladimir Izmailovichdan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Vladimir Izmailovich Mejov [1830.17(29).5, Saratov - 1894.17(29).5, Peterburg)] — bibliograf. Peterburg ommaviy kutubxonasida ishlagan (1851—60). Mejov tarix, geogr., etnografiya, huquq, adabiyotga oid bir qancha bibliografik asarlar yaratgan. Uning , ayniqsa, 416 jildli Oʻrta Osiyo va Turkiston oʻlkasiga oid asarlar va maqolalar toʻplami — "Turkiston toʻplami" mashhur (unga ilova etilgan 3 jildli sistemali va alfavitli koʻrsatkich ham mustaqil bibliografik ahamiyatga ega). Bu toʻplam Oʻrta Osiyoning hamma sohasiga oid 1867—87 yillardagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan eng boy manba hisoblanadi. Mazkur asar Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi fondida saqlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kasimova A. G., Bibliotechnoye delo v Oʻzbekistane, T.. 1968.
- Bibliografiya Azii, 1—2-j.lar, T., 1891-94.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |