Kontent qismiga oʻtish

Menam-chao-praya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Menam-Chao-Prayadan yoʻnaltirildi)

Menam-chao-praya, Menam, Chaupxraya — Hindiston yarim oroldagi dare, Tailandsa eng katta. Uzunligi 1200 km (eng katta irmogʻi — Ping daryosi bilan 1500 km), havzasining maydoni 150 ming km². Irmoklari mamlakat shimolidagi Kxuntxan tizmasidan boshlanadi. Menam payettekisligidan oʻtib, Janubiy Xitoy dengizining Siyom qoʻltigʻiga delta hosil qilib quyiladi. Musson yomgʻirlaridan suv oladi. Yoz oylarida toʻlib oqadi. Quyi oqimida oʻrtacha suv sarfi 2700 m³/sek. Daryodan sugʻorishda, yuqori qismida yogʻoch oqizishda foydalaniladi. Quyilish joyidan 400 km, suvi koʻpayganda 700 km masofada (Uttaradit shahrigacha) kema qatnaydi. Baliq ovlanadi. M. deltasida Bangkok va Ayut-txaya shaharlari joylashgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil