Monilioz
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Monilioz, meva chirish kasalligi — olma, nok va baʼzan danakli meva daraxtlarida uchraydigan kasallik. Monilia turkumiga mansub zam-burugʻlar koʻzgʻatadi. Kasallangan mevalar qoʻngʻir tus oladi, pustila sargʻish mayda doʻmboqchalar paydo boʻladi, meva eti hovol boʻlib qoladi, taʼmini yoʻqotadi, chirib, jigarrang tusga kiradi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi zamburugʻ sporalari yemgʻir, shamol, hasharotlar yerdamida tarqaladi. M. qoʻzgʻatuvchilari oʻsimlikka asosan mexanik shikastlanishdan yuqadi. Kasallangan mevalarning koʻpchiligi toʻkilib ketadi, ayrimlari shoxlarda osilgancha qotib qolib, bahorda kasallik manbaiga aylanadi. M. mevalar omborlarda saqlanayotgan davrda ham paydo boʻladi.
Kurash choralari: yoz davomida chirigan, toʻkilgan mevalar yoʻqotiladi, daraxtlarga gullashdan oldin va gul dan tushganidan keyin 1% li bordo suyuqligi yoki boshqa fungitsidlar eritmasi purkaladi; meva omborlari toza tutiladi, havo namligi moʻʼtadil saqlanadi. Nimaga aldaysilar[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |