Qoʻchqor Joʻrayevich Mirazizov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Qoʻchqor Joʻrayevich Mirazizov (1925.12.5, Toshkent) — quloq, burun va tomoq kasalliklari boʻyicha olim (otorinolaringolog). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1976), tibbiyot fanlari doktori (1966), professor (1968). Toshkent tibbiyot akademiyasi ni tugatgach (1949), quloq, burun va tomoq kasalliklari klinikasida ordinator (1949—52), assistent (1952—65), dotsent (1966—68), kafedra mudiri (1968—97). 1998-yildan kafedra professor M. tashabbusi bilan 1985-yilda kafedrada quloq va yuqori nafas yoʻllari kasalliklarini jarrohlik usulida bartaraf etish markazi tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining bosh otorinolaringologi (1967—77). Asosiy ilmiy ishlari quloq, burun va tomoq kasalliklari diagnostikasi, konservativ va xirurgik davolashga oid. Oʻzbekiston otorinolaringologiya maktabini yaratgan. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (2001).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |