Kontent qismiga oʻtish

Mahmud Mirzayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mirzayev Mahmud Mirzayevichdan yoʻnaltirildi)
Mahmud Mirzayevich Mirzayev
Tavalludi 15-iyul 1921-yil
Vafoti 2-avgust 2000-yil(2000-08-02)
(79 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Mukofotlari Oʻzbekiston fan arbobi

Mahmud Mirzayevich Mirzayev (1921. 15.7 — Toshkent — 2000.2.8) — bogʻdorchilik va uzumchilik sohasidagi olim, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish tashkilotchisi. VASXNIL (1983), Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi Fanlar akademiyasi akademik (1991), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), Mehnat Qaqramoni (1971), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan agronom (1964), qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (1975). Toshkent qishloq xujaligi institutini tugatgan (1943). Oʻzbekiston Yer ishlari xalq komissarligida katta agronom (1943—45), Toshkent viloyatidagi "Qibray" bogʻdorchilik va uzumchilik xoʻjaligida bosh agranom, direktor (1945-49). 1949-yildan akademik R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik instituti direktori. Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrin-bosari (1951—52), vaziri (1962—64). M.ning ilmiy va amaliy faoliyati meva daraxtlari va toklar biologiyasi va agrotexnikasi, togʻ va togʻ- oldi zonalarida bogʻdorchilik va uzumchilikni rivojlantirish, ixtisoslashgan maxsus uzumchilik xoʻjaliklari tashkil etish, mevali daraxtlar, toklarning shoʻrxok, shagʻalli va qumloq yerlarda yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish va boshqalarga bagʻishlangan. Seleksiya, navlarni oʻrganish asosida olmaning Nafis, uzumning Shreder chillakisi, qulupnayning Oʻzbekiston va boshqa navlarini yaratishda ishtirok etgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi deputata (1990-95). "Doʻstlik" (1994), "El-yurt qurmati" (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. Boshorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti markaziy xiyobonida byusti oʻrnatilgan (2001).[1]

  1. * Osnovnie problemi gornogo vinogradarstva, T., 1972; Oʻzbekistonda tokchilik (hammualliflikda), T., 1979; Oʻzbekistonda bogʻdorchilik, T., 1980; Vinogradarstvo predgorno-gornoy zoni.,T., 1980; Gornoye sadovodstvo Oʻzbekistana, T., 1982; Kultura abrikosa v Oʻzbekistane, T., 2000.