Kontent qismiga oʻtish

Misvoq

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Misvokdan yoʻnaltirildi)
Anʼanaviy misvoq tayoqchalari. Tishlarni tozalash uchun ikkala uchidagi yumshatilgan choʻtkalardan foydalanish mumkin.

Misvoq (misvok; arabcha: سواك yoki مسواك) — Salvadora persica daraxtidan (arabchada أراك (ạ̉rạk) deb ham ataladi) tayyorlangan tish tozalovchi novda. 7 ming yil oldin ishlatila boshlangani aniqlangan[1]. Misvoqning xususiyatlari quyidagicha taʼriflangan: „Ularning antibakterial taʼsiri hamda tish emali shakllanishi va faolligini nazorat qilishdan tashqari, tishlarni tozalash uchun tabiiy tish choʻtkasi sifatida samarali ishlatilishi mumkin. Bunday tayoqchalar samarali, arzon va keng tarqalgan boʻlib, koʻplab tibbiy xususiyatlarni oʻz ichiga oladi[2]. U islom gigiyenik huquqshunosligida ham muhim oʻrin tutadi.

  1. Ra'ed I. Al Sadhan, Khalid Almas (1999). "Miswak (chewing Stick): A Cultural And Scientific Heritage.". Saudi Dental Journal 11 (2): 80–88. 
  2. "The effect of the extract of the miswak (chewing sticks) used in Jordan and the Middle East on oral bacteria.". International Dental Journal 45 (3): 218–222. 1995. PMID 7558361.