Kontent qismiga oʻtish

Yevgeniy Nikolayevich Mixaylov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Mixaylov Yevgeniy Nikolayevichdan yoʻnaltirildi)

Mixaylov Yevgeniy Nikolayevich (1905.15.4, Petrograd - 1999.9.10, Toshkent) — biolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1950), qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (1947), professor (1947). Oʻrta Osiyo universitetni tugatgan (1929). Oʻrta Osiyo ipakchilik ilmiy tadqiqot institutida ilmiy xodim (1929—37), Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti ipakchilik kafedrasida dotsent (1937-47), kafedra mudiri (1947-59), ipakchilik va oʻsimliklarni himoya qilish fakulteti dekani (1944—59). Oʻrta Osiyo fitopatologiya ilmiy tadqiqot instituti direktori muovini (1959—65), direktori (1965—72), Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti ipakchilik kafedrasi mudiri (1972—85). "Ipak" ("Shyolk") jurnali bosh muharriri (1960—85). Ilmiy ishlari ipakchilikning nazariy va amaliy masalalari, tut va dub ipak qurti biologiyasi, ipak qurtini boqish, ipak qurti urugʻchiligi va naslchiligi, kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurash muammolariga bagʻishlangan.

  • Shelkovodstvo [Darslik], M., 1950; Qurt boqish, T., 1953; Biologiya tutovogo i dubovogo shelkopryada, M., 1958; Ekologiya i vikormka shelkopryadov, M., 1959; Infeksionnie bolezni tutovogo shelkopryada, T., 1982.