Kontent qismiga oʻtish

Tolib Moʻminov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Mo'minov Tolib Musayevichdan yoʻnaltirildi)
Tolib Moʻminov
Tavalludi 11-yanvar 1943-yil
Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 22-dekabr 2021-yil(2021-12-22)
(78 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti
Ilmiy darajasi fizika-matematika fanlari doktori
Ilmiy unvoni akademik
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Tolib Musayevich Moʻminov (1943.11.1, Samarqand shahri — 22.12.2021) — fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), fizikamatemat. fanlari doktori (1979), professor (1981). SamDU ni tugatgan (1965), SamDU va Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti (Dubna shahri) da ilmiy xodim (1965—79). ToshDUda labratoriya mudiri (1979—81), Amaliy fizika ilmiy tadqiqot instituti direktori (1981 — 87; 1995-yildan), SamDU rektori (1992— 95). Ilmiy ishlari fundamental va amaliy yadro fizikasiga oid. Uning bevosita rahbarligida eksperemental yadro fizikasi uchun bir necha noyob ilmiy qurilmalar (SB—50 betatroni, MT—22S mikrotroni, EG—2 ionlar tezlatkichi, IBM kuchli ion dastasi injektori va boshqalar) yaratildi. Yaratilgan qurilmalar yordamida atom yadrosining xossalari, tezlashtirilgan elektronlar dastasining gaz muhitidan oʻtishi, yuqori energiyali gamma-kvantlar dastasining oʻta kichik burchaklarga sochilishi va radioekologiyaga oid izlanishlar oʻtkazdi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil