Kontent qismiga oʻtish

Shahnoza Moʻminova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Mo'minova Shahnozadan yoʻnaltirildi)

Shahnoza Moʻminova (1949.21.8, Toshkent) — kulol, zamonaviy kulollik sanʼatining taniqli namoyandasi. Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi akademik (1990). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1974). Toshkent politexnika instituti (1974—95) va Respublika rassomlik bilim yurti (1995—98) da dare bergan, ayni vaqtda, Toshkent keramika zavodi ijodiy guruhida ishlagan; 1996-yildan Respublika bolalar ijodiyoti markazida studiya rahbari. M. ijodi kompozitsiya va nafis rang koloritini nozik his eta olishi bilan diqqatga sazovor; chinni kompozitsiyalari, moʻʼjaz shaklli asarlari milliy ohanglarni zamonaviy talqin etish mahorati bilan ajralib turadi: "Koʻza" (1975), "Voha" (1995), "Sharq ayollari", "Uchrashuv" (1997), "Tong" (1999) va boshqa 1974-yildan respublika va xorijiy mamlakatlardagi yirik koʻrgazmalarda faol ishirok etadi (jumladan, AKD], Turkiya, Germaniya va boshqalarda shaxsiy koʻrgazmalari muvaqqiyatli oʻtkazilgan).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil