Kontent qismiga oʻtish

Moʻytan

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Mo'ytandan yoʻnaltirildi)

Moʻytan, moʻytin — oʻzbek, boshqird va qoraqalpoq xalqari tarkibidagi qabila, urugʻ nomi. Qadimdan Orol dengizi boʻylarida yashab, dehqonchilik va baliqchilik bilan shugʻullangan. 19-asr oʻrtalarida qoraqalpoq M.lari 276 xoʻjalik boʻlib, Xiva xonligiga 265 tilla soliqtoʻlagan, 54 navkar, 162 qazuvchi berganlar. Oʻzbek M.larining koʻpchiligi 19-asrning oxiri va 20-asrning boshlarida Zarafshonning oʻrta oqimida yashagan. 1920-yilda Samarqand viloyatida M.lardan 7 mingga yaqin kishi roʻyxatga olingan. Ishtixon, Nurota, Bulungʻur tumanlarida, ozroq qismi Karmana atroflarida hamda Qashqadaryoning quyi oqimlarida yashagan. Zarafshon vodiysida yashovchi M.larning bir qismi oʻtroq oʻzbeklarga aralashib, oʻz urugʻ nomlarini unutganlar. Ad.: Materiali Vserossiyskoy perepisi, vip. 5, ch. 1, T., 1923; Materiali po rayonirovaniyu Sredney Azii, kn. 1. ch. 1. Buhara — T., 1926.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil